Saparmurod Niyozov nomidagi Turkman qishloq xoʻjaligi universiteti (), koʻpincha TOHU deb qisqartiriladi — Turkmanistondagi eng yirik oliy taʼlim muassasalaridan biridir. Universitet faqat qishloq xo‘jaligi sohasida taʼlim beradi. U Turkmanistonning birinchi prezidenti Saparmurad Niyazov sharafiga nomlangan.
Tarixi 1930-yilda Ashxobod shahrida Qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etilgan. 1998-yilgacha muassasa Mixail Kalinin nomi bilan atalgan, keyinchalik esa oʻsha paytdagi prezident Saparmurod Niyozov nomi berilgan. 1998-yilda universitet maqomini olgan va nomi oʻzgartirilgan. 2012-yilda CLAAS oʻquv markazi ochilgan.
Fakultetlari Universitet 8 ta fakultetdan iborat:
Agronomiya Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash Toʻqimachilik ishlab chiqarishi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash Veterinariya Gidromelioratsiya Agroekologiya Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti va menejmenti
Mashhur bitiruvchilari Annamurat Soltanov — Turkmaniston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi Esenmyrat Orazgeldiýew — Turkmaniston sobiq qishloq xoʻjaligi vaziri Serdar Berdimuhamedov — Turkmaniston prezidenti
Manbalar
Kategoriya:Turkmanistondagi universitetlar Kategoriya:Ashxoboddagi binolar va inshootlar Kategoriya:1930-yilda tashkil etilganlar Kategoriya:Sovet Ittifoqida qurilgan binolar Kategoriya:Turkmanistonda taʼlim Kategoriya:Taʼlim muassasalari Kategoriya:Saparmurat Niyazov Turkum:Universitetlar Turkum:Ashxobod