Ramil İdris oğlu Usubov (; 1948-yil 22-dekabr, Xoʻjali, Əsgəran tumani, Togʻli Qorabogʻ muxtor viloyati, Ozarbayjon SSR, SSSR) — ozarbayjonlik davlat va siyosat arbobi, Ozarbayjon Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, Ozarbayjon Ichki ishlar vaziri (1994—2019). General-polkovnik.
Tarjimayi holi Ramil Usubov 1948-yil 22-dekabrda Xoʻjalida tugʻilgan. 1973-yilda N. Rizayev nomidagi Boku oʻrta maxsus militsiya maktabini, 1980-yilda SSSR Ichki ishlar vazirligi akademiyasining sirtqi boʻlimini tamomlagan. Militsiya maktabini tugatgandan soʻng Stepanakert shahar ichki ishlar boʻlimida jinoyat qidiruv inspektori boʻlib ishlagan, 1975-yilda Shusha tumani IIB jinoyat qidiruv boʻlimi boshligʻi, 1980—1984-yillarda Togʻli Qorabogʻ muxtor viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 1984—1987-yillarda Usubov Ali-Bayramli shahar ichki ishlar boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan va 1987-yilda Naxichevan ASSR ichki ishlar vaziri etib tayinlangan. 1989—1993-yillarda Ramil Usubov Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligining jinoyat qidiruv boʻlimi boshligʻi, Viza va roʻyxatga olish boʻlimi boshligʻi hamda kadrlar boshqarmasi boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 1993-yil 11-avgustda Ramil Usubov Naxichevan Avtonom Respublikasi ichki ishlar vaziri etib tayinlangan. 1994-yil 29-aprelda Ramil Usubov Ozarbayjon ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlanadi. Oʻsha yilning 3-mayida Ozarbayjon prezidentining 144-sonli farmoni bilan Usubovga general-mayor, 1995-yil 26-dekabrdagi 418-sonli farmoni bilan general-leytenant, 2002-yil 15-yanvardagi 637-sonli farmoni bilan general-polkovnik unvoni berilgan. 2019-yil 20-iyunda Ozarbayjon Respublikasi prezidentining farmoyishi bilan Ozarbayjon Ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod etilgan. Ozarbayjon Respublikasi prezidentining 2019-yil 20-iyundagi farmoni bilan Ramil Usubov Ozarbayjon Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlanadi.
Mukofotlari Ramil Usubov „Ozarbayjon bayrogʻi“ ordeni (1998-yil 24-dekabr), „Sharaf“ ordeni (2023-yil 25-dekabr), „Shuhrat“ ordeni (2018-yil 22-dekabr)Распоряжение Президента Азербайджанской Республики О награждении Р.И.Усубова орденом «Шохрат», I darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (2018-yil 29-iyun), „Polsha Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun“ ordeni ofitseri (Polsha, 2009-yil), Dogʻiston Respublikasining faxriy yorligʻi (Dogʻiston Respublikasi, Rossiya, 2001-yil 5-yanvar), „Jangovar hamdoʻstlik uchun“ medali (2007, Rossiya Ichki ishlar vazirligi)ВИЗИТ ГЛАВЫ МВД АЗЕРБАЙДЖАНА Р.УСУБОВА В МОСКВУ bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:22-dekabrda tugʻilganlar Turkum:1948-yilda tugʻilganlar Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:Ozarbayjon ichki ishlar vazirlari