Mutayyam al-Hoshimiyya (milodiy IX asrda yashagan) — Abbosiylar xalifaligi davridagi xonanda va shoira. Zamondoshlari uni Isʼhoq al-Mavsiliy va Aluyadan keyingi uchinchi eng mohir sanʼatkor deb bilishgan.
Mutayyam al-Hoshimiyya Basrada tug‘ilgan. U atoqli musiqachi Ibrohim al-Mavsiliy va uning o‘g‘li Isʼhoq al-Mavsiliy, hamda xonanda Badhl al-Kubradan ta’lim olgan.
Uni To‘rtinchi fitna davrida Bag‘dod hokimi bo‘lgan Ali ibn Hishom sotib olgan (al-Hoshimiyya taxallusi uning hokim xonadoniga mansubligini bildirgan). Ularning Safiya ismli qizi va Muhammad hamda Harun ismli ikki o‘g‘li bo‘lgan.
U al-Ma'mun va al-Mu'tasim xalifalarning saroylarida qo‘shiq aytgan. al-Ma'mun uning iste’dodidan hayratda qolib, uni she’riy bellashuvga chorlagan. Al-Ma'mun Ali ibn Hishomni qamoqqa olganida Mutayyam uni ozod qilishni she’r bilan so‘rab yolvorgan. Al-Ma'mun uni ozod qilmagan, aksincha Ali ibn Hishomni qatl ettirib, Mutayyamni ozod ayolga aylantirgan.
Uning qo‘shiqlari Abulfaraj Isfahoniy tuzgan Kitob al-Agʻoniy antologiyasiga kiritilgan. Zaynab Favvoz uni mashhur ayollar tarjimayi hollari to‘plami al-Durr al-manthur fi tabaqat rabbat al-khudur (Ayollar toifalari haqida sochilib yotgan durdonalar kitobi) ga kiritgan.
Manbalar
Turkum:8-asr ayol musiqachilari Turkum:8-asr musiqachilari Turkum:9-asr ayol musiqachilari Turkum:O‘rta asr xonandalari Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr ayollari Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr shaxslari Turkum:8-asr qullari Turkum:Abbosiylar xalifaligida qullar Turkum:Abbosiy xalifalarning cho‘rilari Turkum:Abbosiylar xalifaligidan 9-asr ayollari Turkum:Abbosiylar xalifaligidan 9-asr odamlari Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:9-asr arablari Turkum:Madina kishilari Turkum:O‘rta asr arab tili xonandalari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Oʻlgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:9-asr qullari Turkum:Abbosiylar xalifaligida ayol qullar