Qosimali Jantoshev (; 1904-yil 15-sentyabrda tugʻilgan — 1968-yil 13-avgustda vafot etgan) — qirgʻiz yozuvchisi va dramaturgi. Qirgʻiz adabiyotining eng muhim vakillaridan biri sifatida eʼtirof etiladi. Qirgʻiz drama va teatri asoschilaridan biri. Koʻplab asarlarida XX asr davomida qirgʻiz jamiyatidagi oʻzgarishlar va sotsialistik mavzular aks etadi. Mamlakat ichida hanuz mashhur boʻlgan „Qanibek“ romani Qirgʻizistonning madaniy merosiga aylangan.
Yoshligi va taʼlimi Jantoshev 1904-yil 15-sentyabrda oʻsha paytda Rossiya imperiyasi tarkibiga kiruvchi Tengizbay yoki Tepke qishlogʻida kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan. Uning ilk hayot tajribalari uy yumushlari va qoʻy boqishdan iborat boʻlib, choʻponlar va dehqonlar orasida ulgʻaygan. Bolaligida uning xolasi koʻplab afsona va hikoyalarni aytib berar, bu esa Qosimalining badiiy ifodaga boʻlgan qiziqishini uygʻotgan. 16 yoshida Jantoshev oʻqish va yozishni oʻrgangan hamda 1924-yilgacha qishloq maktabida taʼlim olgan. 1930-yilda u Frunzedagi (hozirgi Bishkek) Frunze pedagogika kollejini tamomlagan. U paytda shahar Qirgʻiz ASSR poytaxti edi. Keyinchalik Jantoshev kollejda oʻqituvchi boʻlib ishlagan va qishloq kengashlari maslahatchilari va kolxozlar raislarini tayyorlashga doir kurslardan dars bergan.
Vafoti va merosi
Jantoshev 1968-yil 13-avgustda 63 yoshida Frunze shahrida vafot etgan.
Jantoshev qirgʻiz dramasi asoschisi sifatida eʼtirof etiladi va mamlakatda hanuzgacha mashhur madaniy siymo boʻlib qolmoqda. 2014-yilda ijodkor tavalludining 110 yilligi munosabati bilan Qirgʻiz Respublikasi Milliy kutubxonasi mezbonligida xotira tadbiri oʻtkazilgan. Tadbirda universitetlar va boshqa taʼlim muassasalari Jantoshev ijodi hamda u haqidagi maqolalarni taqdim etuvchi koʻrgazma tashkil qilgan, aktyorlar esa uning asarlaridan parchalarni ijro etgan.
Bir nechta maktablar, kutubxonalar, Bishkekdagi bir koʻcha hamda Issiqkoʻl mintaqaviy drama teatri aynan Qosimali Jantoshevning nomi bilan atalgan.
Mukofot va unvonlari Jantöshev quyidagi orden va medallar bilan taqdirlangan: „Hurmat belgisi“ ordeni (2 marta) „Mehnatda oʻrnak koʻrsatganlik uchun“ medali „1941–1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida mardonavor mehnati uchun“ medali Qirgʻiz SSR xalq yozuvchisi Qirgʻiz SSRda xizmat koʻrsatgan artist
Manbalar
Turkum:1904-yilda tugʻilganlar Turkum:1968-yilda vafot etganlar Turkum:20-asr qirgʻizistonlik yozuvchilar Turkum:Qirgʻizistonlik erkak yozuvchilar Turkum:Qirgʻizistonlik tarjimonlar Turkum:Sovet tarjimonlari