2008-yilgi Qirgʻiziston zilzilasi — 2008 — yili 5-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:52 da sodir boʻldi. Zilzila magnitudasi 6,6 boʻlib, Nura shaharchasi yaqinida sodir boʻldi va u yer butunlay vayron boʻldi. Falokatdan 75 kishi halok boʻldi, ulardan 41 nafar bolalar edi. Jumladan, 150 kishi jarohat oldi, ulardan 93 nafari bolalar edi. Yer qimirlashi natijasida xududdagi oʻnlab binolarga va uning yaqinidagi Kura qishlogʻiga ham jiddiy zarar yetgan. Yaqin atrofdagi Shinjon-Uygʻur muxtor rayoniga ham kichik zarar yetgan. Zilzila butun Markaziy Osiyo boʻylab oʻz taʼsirini koʻrsatgan. Keyinroq Shinjon hududida 5,7 magnitudali va Qirg‘izistonda 5,1 magnitudali takroriy tebranishlar qayd etilgan. 13-oktabr kuni yana Qirg‘izistonda 5 balldan yuqori koʻrsatkichda ikkita va Shinjon hududida bitta takroriy yer silkinishi yuz berdi. Jabrlangan odamlar va bolalarga tez tibbiy yordam koʻrsatilib, harbiy vertolyotlar yordamida O'sh shahridagi shifoxonalarga olib borildi.

Rasmiylar munosabati Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlum qilishicha, qishloqda deyarli vayron boʻlmagan bino qolmagan: „Qishloqdagi deyarli barcha binolar vayron boʻlgan. Faqat yaqin yillar ichida qurilgan, hamda mustahkam binolargina, maktab va kasalxonalar, saqlanib qolgan.“ Seysmologiya instituti rahbari Qanatbek Abdurahmatovning aytishicha, vayronagarchilikning asosiy sababi binolarning sifatsizligi, ancha yillardan beri foydalanib kelinayotganligi va qishlodagi aksariyat uylarning loy va somondan qurilganiligida deydi.

Zilziladan keyingi tiklanish Jabrlanganlarga 5 ming Qirgʻiziston soʻmi (136 AQSH dollari) va uch tonna koʻmir, halok boʻlganlarning oilalariga 50 kg un berildi. Nura qishlogʻida qolishni tanlagan 200 kishiga 100 ta har biri 6 kishilik sigʻimga ega boʻlgan chodir berildi. Qishloqga 100 ta koʻchma uy ham olib kelindi. Qishloqni 2009-yil bahorida qayta qurish rejalashtirilib, avgust oyiga borib yakunlash belgilandi. O'zbekiston esa 200 ming AQSh dollari miqdorida gumanitar yordam koʻrsatdi, jumladan 120 tonna sement va boshqa qurilish materiallari yuborildi.

Manbalar Turkum:Qirgʻizistondagi zilzilalar Turkum:Qirgʻiziston geografiyasi