Abu Marvon Abd al-Malik ibn Habib as-Sulamiy () (180–238 hijriy) (796–853 CE; Ibn Habib nomi bilan ham tanilgan) — andalusiyalik 9-asr qomusiy olimi. Uning qiziqishlariga tibbiyot, fiqh, tarix, grammatika va nasabnoma kirgan hamda al-Andalusda tibbiyot haqida kitob yozgan birinchi shaxs boʻlgani aytiladiCamilo Alvarez de Morales and Fernando Girón Irueste: Compendio de Medicina . Consejo Superior de Investigaciones Científicas, Instituto de Cooperación con el Mundo Arabe, Madrid, 1992. p. 30.. Oʻzining ajoyib bilimlari tufayli u Ispaniyaning olimi sifatida tanilgan.

Hayoti Ibn Habib 790-yilda Hisn Vat (hozirgi Huétor Vega shaharchasi bilan aynanlashtiriladi) da, Granada shahri yaqinidagi qishloqda tugʻilgan. U oʻz nasabini Banu Sulaym arab qabilasidan deb bilgan, shu bois as-Sulamiy nisbasinini olgan. Otasi attar (; 'dori sotuvchi yoki atirchi') boʻlgan; xuddi shuningdek, Ibn Habib ham otasi bilan birga dori sotuvchi boʻlib ishlagan. U dastlab Elvirada tahsil olgan, keyin esa oʻqishini davom ettirish uchun oʻsha paytda Umaviylar Kordova amirligi poytaxti boʻlgan Kordova shahriga koʻchib borgan. 822/3-yillarda Ibn Habib otasining moliyaviy koʻmagi bilan Makka shahriga haj safarini amalga oshirgan. Ziyoratdan soʻng u Madinada va Misrda Molikiy mazhabidagi fiqhni oʻrganish uchun qolgan, u yerda Ibn Abdulhakam va Abdulloh ibn al-Muborakdan taʼlim olgan. Ibn Habib 853-yilda kasallikdan soʻng vafot etgan va Kordovadagi Umm Salama qabristoniga dafn etilgan. Uning ikki oʻgʻli: Muhammad va Ubaydulloh hamda ismi tilga olinmagan bir qizi qolgan.

Asarlari

al-Vadiha (; Molikiy huquqi boʻyicha kompendium) Gʻorib al-hadis () Tafsīr al-Muvaṭṭaʾ (; Muvattoga sharh) Hurub al-Islam (; Islom urushlari) Adab al-Nisaʼ (; Ayollar axloqi). As-Samāʿ (; Osmon) Tabaqat al-Fuqahaʼ va Tabi’in (; Fuqaholar va tobeinlar tabaqotlari) At-Taʾrīx (; Solnomalar) Kitāb al-Varaʿ (; Taqvo kitobi) Vaṣf al-Firdavs (; Jannat tasviri) Muxtasar fī al-ṭibb (; Tibbiyot boʻyicha kompendium)

Yana qarang

Zamonaviy davrdan oldingi arab olimlari va ulamolari ro‘yxati O‘rta asrlar islom olamida tibbiyot

Havolalar Oʻsimliklar bilan davolash (bepul onlayn kitob) العلاج بالأعشاب — عبد الملك بن حبيب (ت ٢٣٨)

Manbalar

Turkum:796-yilda tugʻilganlar Turkum:853-yilda vafot etganlar Turkum:9-asr arablari Turkum:al-andaluslik IX asr tarixchilari Turkum:9-asr tabiblari Turkum:al-andaluslik Molikiy ulamolar Turkum:Granada viloyatidan boʻlgan kishilar Turkum:Kordova Umaviy davlati ulamolari