Angela Tanuzi (2002-yil 20-noyabrda tugʻilgan) — Albaniyalik moda modeli va goʻzallik tanlovi gʻolibasi. U 2022-yil iyun oyida „Miss World Albania“ unvoniga sazovor boʻlgan va keyinchalik „Miss Grand Albania 2023“ unvonini qoʻlga kiritgan.

Yoshligi va taʼlimi Angela Tanuzi Albaniyaning Krujë shahrida tugʻilib oʻsgan. Unvonni qoʻlga kiritishidan avval u moda modeli sifatida ishlagan va Albaniyadagi Oʻrta Yer dengizi universitetida huquq yoʻnalishida tahsil olgan.

Goʻzallik tanlovlari Angela Tanuzi 2022-yil iyun oyida „Miss World Albania 2022“ unvoniga sazovor boʻlgan. Tanuzi 2023-yilda „Miss Grand Albania“ sifatida Albaniya sharafini Miss Grand International 2023 tanlovida himoya qilgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Albaniyalik modellar