Abdulvohid Shoʻxiy (tugʻilgan paytdagi ismi: Abdulvohid Ahadov; 1916-yil 25-sentyabr, Namangan uyezdi — 1973-yil 31-avgust, Namangan viloyati) — namanganlik shoir, bastakor, xonanda.

Hayoti Abdulvohid Shoʻxiy 1916-yil 25-sentyabrda Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi Namangan uyezdida tugʻilgan. Shoʻxiyning asl ism-familiyasi Abdulvohid Ahadov.

Ijodi Abdulvohid Shoʻxiy 15000 misradan ziyod aruzda bitilgan asarlar muallifi hisoblanadi. „Chertganda dutorimni“ toʻplami 1971-yilda shu nomdagi bayoz tarkibida eʼlon qilingan. Shoir tomonidan yozilgan gʻazallar muallifning oʻzi va koʻplab xonandalar tomonidan kuyga solingan. Shoʻxiy Oʻzbekiston SSRda birinchi Xalq shoiri unvoniga sazovor boʻlgan ulugʻ maʼrifatparvar Muhammadsharif Soʻfizodaning shogirdi boʻlgan. Chustiy, Charxiy, Habibiy, Xislatiy, Hayratiy, Kiromiy kabi gʻazalnavis shoirlar bilan hamkorlikda ijod qilgan.

Qabri Namangan shahridagi „Mangulik“ (Otbazori) qabristonida joylashgan.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Oʻzbekistonlik shoirlar