Svetlana Đurkovich, shuningdek, Svetlana Durkovic (1974-yilda tugʻilgan) — feminist, antropolog va LGBTIQ inson huquqlari faoli, Bosniya va Gersegovinadagi ilk Q LGBTQIA tashkilotining hammuassisi. Bosniya va Gersegovinada seksual orientatsiya va jinsiy identifikatsiya asosida kamsitishni yoʻq qilish yoʻlida faoliyat yuritgan. 2018-yil holatiga koʻra, Maryland va Vashingtonda istiqomat qiladi va faoliyat olib boradi.
Durkovic 1974-yilda Yugoslaviya SFRning Zagreb shahrida tugʻilgan va oilasi bilan Sarayevoda yashagan. Onasining kelib chiqishi makedoniyalik, otasi esa chernogoriyaliklar naslidan boʻlib, ikkalasi ham Ikkinchi Jahon urushi davrida qochqin boʼlgan.
Taʼlimi Durkovic 1996-yil may oyida Longvud universitetida antropologiya yoʻnalishida imtiyozli diplom bilan bakalavr darajasini olgan. 1998-yil avgust oyida esa Chikago universitetida ijtimoiy fanlar yoʻnalishida magistr darajasini olgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1974-yilda tugʻilganlar