Yusuf ibn Abddulloh ibn Muhammad ibn Abdulbarr, Abu Umar an-Namariy al-Andalusiy al-Qurtubiy al-Malikiy (odatda Ibn Abdulbarr ()Jesus' Sayings and Stories in Islamic LiteratureMuslim American Society nomi bilan tanilgan) — 11-asr molikiy olimi va asariy ilohiyotshunosi. Lissabonning qozisi sifatida xizmat qilgan. sanasida vafot etgan.
Hayoti Ibn Abdulbarr 978-yilda tugʻilgan va 1071-yilda Al-Andalusdagi Xativa shahrida vafot etganAl-Imam Al-Azam Abu Hanifa. Ibn Xallikonning maʼlumotiga koʻra, Ibn Abdulbarr Namr ibn Qositning arab qabilasidan kelib chiqqan.
Dastlab musulmon fiqhining zohiriy mazhabiga ergashgan Ibn Abdulbarr keyinchalik molikiy mazhabiga oʻtgan. U yashagan davrdagi Umaviylar sulolasi tomonidan rasmiy tan olingan mazhab ham shu edi. Uning uch buyuk sunniy faqih — Molik ibn Anas, Ash-Shofiʼiy va Abu Hanifa haqidagi kitobida avvalgi homiysi Dovud az-Zohiriy hamda Ahmad ibn Hanbal atayin kiritilmaganCamilla Adang, This Day I have Perfected Your Religion For You: A Zahiri Conception of Religious Authority, pg. 20. Taken from Speaking for Islam: Religious Authorities in Muslim Societies. Ed. Gudrun Krämer and Sabine Schmidtke. Leiden: Brill Publishers, 2006.. Ibn Abdulbarr Molikiy mazhabining anʼanaparast yoʻnalishini ifoda etgan. Koʻpincha “Gʻarbning Buxoriysi” deb ataladi. Ibn Abdulbarr taqlid, yaʼni islom huquq maktabiga ergashishni qoʻllab-quvvatlagan. Ibn Abdulbarr oʻzining Jami' Bayan al-'Ilm wa Fadlihi kitobida shunday yozgan: “Olimlar oddiy xalq oʻz imomlariga taqlid qilishi lozimligi borasida ixtilof qilmagan. Qurʼondagi an-Nahl surasidagi oyatda ()... Xuddi shuningdek, olimlar oddiy xalqning diniy fatvo berishiga ruxsat yoʻqligi borasida ham ixtilof qilmagan”.
Kordovadagi Umaviylar xalifaligi homiylik qilgan qirollik kutubxonalarining noziri sifatida u Kordova katta masjidi va unga biriktirilgan madrasalarda taʼlim bergan.
Yana qarang
Islom olimlari
Manbalar
Havolalar Shayx Jibrîl Al Haddâd tomonidan toʻliq tarjimai hol at-tawhid.net sayti: Imom Ibn 'Abd Il Barr tarjimai holi Imom Ibn Abd Al Barr eʼtiqodi
Turkum:978-yilda tugʻilganlar Turkum:1071-yilda vafot etganlar Turkum:10-asr arablari Turkum:11-asr arablari Turkum:Al-Andaluslik Molikiy olimlar Turkum:Al-Andaluslik 11-asr yozuvchilari Turkum:Hadis ulamolari Turkum:Asariylar Turkum:11-asr huquqshunoslari Turkum:Lissabonlik kishilar