Abu Bakr Muhammad ibn al-Hasan al-Muradi al-Hadromiy () yoki al-Murodiy al-Hadromiy yoki ash-shayx al-imom al-Hadromiy — shimoliy afrikalik 11-asr islom ilohiyotchisi va faqihi. 1095-yilda vafot etganRussell Hopley: Hadrami, Abu Bakr Muhammad ibn al-Hasan al-Muradi al- (d.1095/1096) in: Dictionary of African Biography, ..

Biografiyasi Al-Hadromiy hozirgi Tunis hududidagi Qayravon shahrida, janubiy Arabistondagi Hadramavt mintaqasidan kelib chiqqan arab oilasida tugʻilgan. Oʻz tugʻilgan shahrida u bir qator olimlar, jumladan Abu Imron al-Fosiy bilan taʼlim olgan. Ibn Bashkuval xabar berishicha, al-Hadromiy 1094-yilda qisqa muddat oʻqish uchun Kordovada boʻlganIbn Basquwwal, Kitab al-Sila (La suite), Cairo 1966..

Murobitlar tomonidan hozirgi Mavritaniyadagi Atar shahri yaqinidagi Azougui zabt etilgach, al-Hadromiy Abu Bakr ibn Umar bilan birga shu shaharga bordi. Azouguida u vafotiga qadar qozilik qilgan.

U bir necha siyosiy va ilohiy risolalar yozgan.

17-asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Azouguidagi qabrining „qayta kashf etilishi“ tufayli Mavritaniyaning mahalliy ogʻzaki anʼanasida al-Hadromiyning xotirasi qaytadan paydo boʻla boshladi. Bu xalq rivoyatlarida u mistik murobit va moʻjizakor sifatida tasvirlanadiAbd El Wedoud Ould Cheikh and Bernard Saison, Le théologien et le somnambule: un épisode récent de l’histoire almoravide en Mauritanie, Revue Canadienne des Études Africaines, 19(2):301-317, 1985..

Asarlari Al-Hadromiy ilohiyot va siyosat sohasida bir necha risolalar yozgan. Uning bizgacha yetib kelgan yagona asari Kitâb al-Ishâra (Siyosat kitobi yoki hokimlikni boshqarish boʻyicha koʻrsatma)Mohamed Salem Ideidbi, (2011). Traité de politique ou Conseils pour la conduite du pouvoir d’al-Imam al-Hadrami. . boʻlib, u hukmdorlar uchun oynalar janriga mansub axloqiy risoladir. Unda yaxshi boshqaruv, maslahatchilar va hamrohlarni tanlash, jang maydonida yetakchilik, shuningdek, rahm-shafqat va afv etish holatlari kabi mavzularda koʻrsatmalar beriladi.

Adabiyotlar

Manbalar Paulo de Moraes Farias, The Almoravids: Some Questions Concerning the Character of the Movement During its Period of closest Contact with the Western Sudan, Bulletin IFAN, série B,29, nº 3-4 (1967):794-878. Mustapha Naïmi, La dynamique des alliances ouest-sahariennes, (fransuz tilida) . Pierre Bonté, Figures historiques de sainteté dans la société maure (fransuz tilida). Olingan sana: 2020-yil 12-aprel.

Turkum:Mavritaniya tarixi Turkum:1095-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Islomdagi hukmdorlar uchun oynalar Turkum:11-asr faqihlati Turkum:11-asr arablari