Elnaz Rekabiy ( ; 20-avgust 1989-yilda tugʻilgan) eronlik tosh oraqali yuqoriga chiqish boʻyicha sportchi. U 2021 IFSC tosh orqali yuqoriga chiqish boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etib, ayollar kombinatsiyasi yoʻnalishi musobaqasida bronza medali bilan taqdirlangan. Rekabiy, shuningdek, IFSC tosh orqali yuqoriga chiqish boʻyicha Osiyo chempionatida uch marta sovrinli oʻrinlarni egallagan boʻlib, bir kumush va ikki bronza medalni qoʻlga kiritgan.

U 2022-yilda Janubiy Koreyaning Seul shahrida oʻtkazilgan 2022 IFSC toshga chiqish boʻyicha Osiyo chempionatida ishtirok etayotib, Eronning majburiy hijob qoidasini buzganida, butun dunyo OAV eʼtiboriga tushdi. Mahso Aminiy norozilik namoyishlari davom etayotgan bir paytda sodir boʻlgan bu holat norozilik namoyishlarini qoʻllab-quvvatlash ishorasi sifatida qasddan qilingan qonunbuzarlik sifatida keng talqin qilindi.

Hijob bilan bogʻliq mojarolar 2022-yilda u Janubiy Koreyaning Seul shahrida boʻlib oʻtgan 2022 IFSC tosh orqali yuqoriga chiqish boʻyicha Osiyo chempionatida ishtirok etdi va unda toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Eʼtiborlisi shundaki, u musobaqada Eronning majburiy hijobisiz koʻrindi. Musobaqa Eronning davom etayotgan Mahso Aminiy norozilik namoyishlari davrida boʻlib oʻtdi, bu namoyishlarning katta qismi majburiy hijobga qarshilik va uni ataylab buzishdan iborat edi. 18-oktabr kuni, musobaqadan ikki kun oʻtib, Rekabiy bedarak yoʻqolgan, deb xabar qilindi. Oʻsha kuni uning Instagram sahifasida hamma narsani matbuot anjumanida tushuntirib berishini va jamoa aʼzolari bilan birga Eron sari yoʻl olayotganini bildirgan xabar eʼlon qilindi. Ushbu xabarda, shuningdek, hijobining tasodifan tushib ketgani va noqulay vaqt hamda kutilmagan holda musobaqaga chaqirilgani tufayli u hijobsiz musobaqalashgani taʼkidlandi. BBC fors xizmati Rekabiy pasporti va mobil telefoni olib qoʻyilgani va uning Seuldan qaytish reysi bir kun oldinga surilgani haqida xabar berdi. 19-oktabr kuni Rekabiy Tehronga qaytdi va u yerda, Imom Xumayniy xalqaro aeroportida, davlat OAVlariga oʻz bayonotini yana bir bor takrorladi, soʻngra „chempion Elnaz“ deya qichqirayotgan olomon tomonidan „qahramon kabi kutib olindi“; olomon orasida hijobsiz ayollar ham bor edi. Rekabiy avtomobil ichidan olomonga qoʻl silayotgani haqida xabar qilindiElnaz Rekabi: Crowd greet Iranian climber who broke hijab rule on return BBC News, 19 October 2022. Rekabiy Eron Islom Respublikasi hijob qonunini ommaviy musobaqada buzgan ikkinchi eronlik ayol sportchi (birinchi boʻlib 2019-yilda Sadaf Xadem bunday qilgan) ekanligiga ishoniladi.

21-oktabr kuni BBC „xabardor manba“ga tayanib, Rekabiy Eronga qaytganidan soʻng „majburiy iqror“ qilishga bosim ostida qolganini xabar qildi. Shu manbaga koʻra, Rekabiy aeroportga kelgach, „milliy Olimpiya akademiyasida oddiy kiyimdagi ofitserlar nazorati ostida to vazir bilan uchrashmaguncha saqlangan“, bu yerda gap Eron sport vaziri Hamid Sajodiy haqida ketmoqda. Manbaning aytishicha, agar u „majburiy iqror“ga rozi boʻlmasa, hokimiyat uning oilaviy mulkini tortib olish bilan tahdid qilgan va Rekabiy Eronga qaytgach, uy qamogʻiga olinishi haqida xabar qilingan. Biroq eronlik rasmiylar u „uyida, dam olishga muhtoj“ ekanini maʼlum qildi.

Taxminan 3-dekabr atrofida Elnazning medal sohibi sportchi akasi Davud vayron qilingan uy yonida yigʻlayotgani tasvirlangan tasdiqlanmagan video tarqaldi. Yuzini koʻrsatmagan, kadrlardan tashqarida qolgan operator: „Bu mamlakatda yashashning natijasi mana shunday. Bu mamlakat uchun kilo-kilo medallar olgan mamlakat chempioni… Unga qalampirli gaz sepishdi va 39 kvadrat metrli uyini buzib tashlab ketishdi“, deya gapiradi. Eron OAVlari Rekabiylar oilaviy uyining buzilganini tasdiqladi, biroq buzish voqeasi 16-sentyabr hijob hodisasidan oldin sodir boʻlganini va bunga sabab uy qurilish uchun amal qiladigan ruxsatnomasiz barpo etilgani boʻlganini maʼlum qildi.

Shaxsiy hayoti 2026-yil 13-yanvarda Rekabiy 2025–2026-yillardagi Eron norozilik namoyishlarini quyidagicha tarifladi: „Qaysi urushni bilasizki, atigi ikki kun ichida 12 000 kishi oʻldirilgan boʻlsa?“https://www.iranintl.com/202601135569.

Mukofot va eʼtiroflar 2022-yil BBCining ilhomlantiruvchi va nufuzli 100 ayolidan biri sifatida eʼtirof etilishi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Eronlik ayol sportchilar