Roya Tooui (1966-yil 22-mayda tugʻilgan) — eronlik taniqli jurnalist, inson huquqlari faoli va feminist. Bugungi kunda AQShda istiqomat qiladi.
Hayoti va faoliyati Tolui 1966-yil 22-mayda Gʻarbiy Eronning Kurdiston ustoni Baneh shahrida dunyoga kelgan. U Banehdagi oʻrta maktabni tamomlagan. Keyinchalik Mashhad universitetida tibbiy laboratoriya yoʻnalishi boʻyicha PhD darajasini egallagan.
Tolui ayollar masalalariga bagʻishlangan kurd tilidagi oylik nashr etiluvchi „Rasan“ () jurnalining bosh muharriri boʻlib faoliyat yuritgan. Jurnalning dastlabki besh soni 2005-yil bahor va yoz oylarida Sanandaj shahrida nashr etilgan, biroq 2005-yil yoz oylarida Eron sud tizimi tomonidan yopib qoʻyilgan. Tolui Kurdistonda tinchlikni qoʻllab-quvvatlovchi kurd ayollari uyushmasi asoschisi hisoblanadi. Bundan tashqari, u Kurd PEN aʼzosi hamdir.
Hokimiyatni ochiq tanqid qilgani, shuningdek, kurd va eronlik ayollarning huquqlarini himoya qilgani sababli Tolui 2005-yil aprel oyida Inqilobiy sudda sud qilinib, milliy xavfsizlikka tahdid solishda ayblanganhttp://www.ifex.org/en/content/view/full/69742/?PHPSESSID= .
Eronning gʻarbiy qismidagi kurdlar yashaydigan hududlarda amalga oshirilgan namoyishlardan soʻng Tolui 2005-yil 2-avgust kuni hibsga olinib, 2005-yil oktyabr oyida garov evaziga ozod etilguniga qadar 66 kun qamoqda saqlanganhttp://www.ifex.org/en/content/view/full/69742/?PHPSESSID= . Uning qamoqqa olinish ishi 2005-yil noyabr oyida Xalqaro PEN klubining „Qamalgan yozuvchi kuni“ doirasida yoritilgan. Ozodlikka chiqqach, Tolui Erondan Turkiyaga qochib oʻtgan va nihoyat 2006-yil aprel oyida AQShdan boshpana soʻragan. 2006-yilda Tolui Oxfam Novib/PEN mukofoti bilan taqdirlangan.
Manbalar
Havolalar Amnesty International hisoboti, 2005-yil avgust Roya Toloui qamoqqa olinishi UNHCR — Amnesty International hisoboti, 2006-yil may — Eron. Radio Free Europeda Roya Toloui haqida Dr. Toloui AQShga yetib keladi
Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Eronlik demokratiya faollari Turkum:Eronlik muxoliflar Turkum:Eronlik feministlar Turkum:Eronlik jurnalistlar Turkum:Erondagi kurdlar Turkum:Eronlik ayollar huquqlari faollari Turkum:Mashhad Firdavsiy universiteti bitiruvchilari Turkum:Erondagi siyosiy mahbuslar