Cheng Nan-jung ozodlik muzeyi () — Tayvanning Taypey shahridagi Songshan tumanida joylashgan muzey. Muzey demokratik harakat faoli Cheng Nan-jungga bagʻishlangan.
Tarixi Muzey 1999-yilda Inson huquqlari kunida, Cheng Nan-jungning umr boʻyi erkinlik yoʻlidagi kurashini sharaflash maqsadida ochilgan. U Cheng Nan-jung 1989-yil 7aprel kuni oʻzini yoqib yuborgan joyda qurilgan boʻlib, bu hukumatning soʻz erkinligini cheklashiga qarshi norozilik harakati edi.
Koʻrgazmalar Muzeyda Cheng Nan-jungga tegishli asl qoʻlyozmalar va buyumlar saqlanadi. Shuningdek, Ozodlik davridagi jurnallarning bir necha nusxalari ham mavjud.
Trasport Muzey Taypey metrosining Junsan oʻrta maktab stansiyasidan shimoli-sharqda, piyoda yurish masofasida joylashgan.
Manbalar
Turkum:Tayvandagi muzeylar