D mol — Chernogoriyalik vokal guruh boʻlib, mamlakat vakili sifatida „Eurovision — 2019“ qoʻshiq tanlovida ishtirok etgan.
Guruh milliy saralashda gʻolib chiqib, Chernogoriya vakili sifatida „Eurovision — 2019“ qoʻshiq tanloviga yoʻl olgan. Ular „Heaven“ qoʻshigʻini Tel-Aviv shahrida oʻtkazilgan birinchi yarim finalning dastlabki qismida ijro etgan, biroq final bosqichiga chiqa olmagan. Guruh nomi dastlab D-Moll shaklida yozilgan, ammo 2019-yil mart oyining boshida D mol tariqasida oʻzgartirilgan.
Aʼzolari Rizo Feratović 1997-yil 15-noyabrda Dragaš shahrida tugʻilgan. Željko Vukčević 2000-yil 8-yanvarda Podgoritsa shahrida tugʻilgan. Ivana Obradović 2000-yil 21-fevralda Bijelo Polye shahrida tugʻilgan. Emel Franca 2000-yil 12-avgustda Bijelo Polye shahrida tugʻilgan. Mirela Ljumić 2001-yil 12-martda Podgoritsa shahrida tugʻilgan. Tamara Vujačić 2002-yil 5-avgustda Podgoritsa shahrida tugʻilgan.
Diskografiyasi Singllari Nomi Yil Albom „Heaven“ 2019 rowspan="2" „21. maj“
Manbalar
Turkum:2019-yilda tashkil etilgan musiqiy guruhlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari