Zahro Shujoiy (; 1956-yil 24-iyunda tugʻilgan — 2024-yil 26-martda vafot etgan) — eronlik siyosatchi. Eron ayollar huquqlari himoyachisi sifatida tanilgan boʻlib, prezident Muhammad Xotamiy davrida ayollar masalalari boʻyicha maslahatchi boʻlib xizmat qilgan va shu tariqa 1997—2005-yillarda uning hukumat kabineti aʼzosi hisoblangan.
Ayollar ishtiroki markazi 1997-yilda Xotamiy Ayollar ishtiroki markazini tashkil etdi. Keyinchalik ushbu tashkilot prezidentlikka boʻysunuvchi, mamlakatdagi ayollar masalalari bilan shugʻullanuvchi asosiy muassasaga aylandi. 2005-yilda Ahmadinajod prezident boʻlgach, markaz nomini Ayollar va oila masalalari markazi (Markaz-e Omor-e Zanan va Khanevadeh Riasat-e Jomhuri) deb oʻzgartirdi.
Eron hukumati kabinetiga tayinlanishi Prezident Xotamiy Zahro Shujoiyni ayollar masalalari boʻyicha maslahatchisi (bu lavozimni avval Shahlo Habibiy egallagan) hamda Ayollar ishtiroki markazi rahbari etib tayinladi. Bu tayinlovdan soʻng u Eron prezidentining kabineti aʼzosiga aylandi. Zahro Shujoiy Masuma Ebtekor bilan birga Islom inqilobidan keyin tarkibida ayollar ham boʻlgan ilk hukumat kabinetida ishtirok etdi.
Oʻtish davri 2005-yilda Mahmud Ahmadinajod prezident etib saylanganidan soʻng Shujoiy egallagan lavozimga Nasrin Soltanxoh tayinlandi. Markaz Xotamiy davridagi Ayollar ishtiroki markazi nomi oʻrniga Ayollar va oila masalalari markazi deb qayta nomlandi. „Ishtirok“ endilikda siyosatdagi ustuvor yoʻnalish boʻlmay qoldi.
Vafoti Shujoiy 2024-yil 26-mart kuni 67 yoshida vafot etgan.
Manbalar
Havolalar Eronda ayollarning oʻrni: oʻtmish yutuqlari va kelajak istiqbollari
Turkum:1956-yilda tugʻilganlar Turkum:2024-yilda vafot etganlar Turkum:Eron prezidentining maslahatchilari Turkum:Eronlik ayollar huquqlari faollari Turkum:21-asr eronlik ayol siyosatchilar Turkum:21-asr eronlik siyosatchilar Turkum:Erondagi siyosiy partiyalar bosh kotiblari