Amir Temur () — Rejissyor Jacob Schwarz tomonidan 2026-yilda suratga olingan tarixiy jangovar film. Ssenariysi Matthew Greene tomonidan yozilgan ushbu filmda asosiy rollarni Christian Mortensen, Mahesh Jadu, Yulduz Rajabova hamda Joshua Jolar ijro etishgan. Film butun dunyo boʻylab „Temurlan: Soʻngi jahongirning yuksalishi“ () nomi ostida taqdim etilgan boʻlsa, Shimoliy Amerikada Well Go USA Entertainment distribyutorlik kompaniyasi tomonidan „Jahongirning yuksalishi“ () nomi ostida taqdim etilgan..
Film XIV asrda Moʻgʻul imperiyasining qulashi fonida Buyuk Ipak yoʻlini tartibga solish va mayda xonliklarni birlashtirish uchun kurashgan yosh Amir Temurning hokimiyatga koʻtarilishini tasvirlaydi. Oʻzbekiston va Qozogʻiston davlatlari hududlarida suratga olingan filmni 120 dan ortiq mamlakatda namoyish etish rejalashtirilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Jacob Schwarz filmlari Turkum:2026-yil jangovar filmlari Turkum:Oʻzbekistonda suratga olingan filmlar Turkum:Qozogʻistonda suratga olingan filmlar Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar