Søren Torpegaard Lund (; 1998-yil 23-dekabrda tugʻilgan) daniyalik aktyor, raqqos va xonanda. U „Før vi går hjem“ qoʻshigʻi bilan Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026 da Daniya nomidan ishtirok etgan.

Hayoti va taʼlimi Lund Gudmeda tugʻilgan va Svendborg kommunasidagi Oure qishlogʻida ulgʻaygan.

U boshlangʻich maktabdayoq maktab spektakllarida qatnasha boshlagan, oʻrta maktabning 10-yilida esa musiqa va teatr internat maktabiga borgan, u yerda teatr, raqs va musiqa boʻyicha taʼlim olgan hamda bir yil davomida internatda yashagan. Bu holatga u shunday deya izoh bergan: „Men [internat maktabidan] avval ham juda koʻp teatr mashgʻulotlari bilan shugʻullangan edim… lekin uning ortidagi butun texnika men uchun mutlaqo yangilik edi. Lekin aynan oʻshanda men ilk bor, ehtimol kattaroq narsaga aylanishi mumkin boʻlgan isteʼdodim borligini his qildim.“

U internatdagi bir yillik oʻqishni tugatgach, uch yillik myuzikl teatri dasturiga (Musical Akademiya (Musicalakademiet) nomi bilan ham tanilgan) qabul qilindi. Bu dastur Frederisiya shahridagi oliy sanʼat taʼlim muassasasi — Daniya Milliy Sahna Sanʼati Maktabida (Den Danske Scenekunstskole) joylashgan. 17 yoshida Lund myuzikl teatri dasturiga qabul qilingan eng yosh talaba boʻldi va 2019-yilda bakalavr darajasi bilan uni tamomladi.

Musiqiy faoliyati

Lund myuzikl ijrochisi sifatida ishlay boshladi, West Side Story, ''Dance of the Vampires'' va ''Kinky Boots'' kabi myuzikllarning mahalliy sahnalashtirishlarida rollarni ijro etdi. U 2021 va 2022-yillarda Kopengagen opera teatrida West Side Story asaridagi bosh qahramon Toni rolini oʻynadi. 2021-yilda u Daniya teatr mukofoti — Reumertda isteʼdod uchun sovrin oldi.

2023-yilda Lund Daniya uchun Eurovision qoʻshiq tanlovi 2023ning milliy saralash bosqichi boʻlgan Dansk Melodi Grand Prix 2023da ishtirok etdi. U yerda uning „Lige her“ qoʻshigʻi ilk uchlikka kira olmadi. Oʻsha yili u oʻzi yozgan ilk singlini — „Stor kunst“ ni chiqardi. 2024-yil oktabr oyida u oʻzining debyut EPsi — Øjestenni taqdim etdi. 2026-yil fevralida u „Før vi går hjem“ qoʻshigʻi bilan Dansk Melodi Grand Prix 2026 tanlovida gʻolib chiqdi. Shunday qilib, Lund Eurosivision qoʻshiq tanlovi 2026da Daniyani vakillik qilish huquqini qoʻlga kiritdi. Finalga yoʻllanma olgach, u 243 ball toʻplab, 7-oʻrinni egalladi. U va uning jamoasi 2026-yilgi Marcel Bezençon bastakorlik mukofotiga sazovor boʻlishdi.

Shaxsiy hayoti Lund ochiqchasiga geyligini tan oladi. 2026-yil may oyiga kelib u oʻz yigiti bilan qariyb 9 yildan beri munosabatda boʻlib kelmoqda va soʻnggi 3 yil davomida u bilan unashtirilgan holatda yashagan. Ular bir-birlari bilan Daniya Milliy Sahna Sanʼati maktabidagi bir xil myuzikl teatri dasturida tahsil olayotgan paytlarida tanishgan.

Diskografiyasi

Mini-albomlar + Mini-albomlar roʻyxati Nomi EP tafsilotlari Øjesten Chiqarilgan: 2024-yil 25-oktabr Leybl: Little Yellow House Formati: Raqamli yuklab olish, striming

Singllari Nomi Yili Eng yuqori chart oʻrni Albom yoki EP DAN. „Lige her“ 2023 —Albomga kiritilmagan singl „In a Perfect World“ — „Stor kunst“ — „De ting jeg hvisker“ 2024 — Øjesten „En dreng som mig“ — „Før vi går hjem“ 2026 4 Albomga kiritilmagan singl

Manbalar

Turkum:Eurovision ishtirokchilari