Lucy Shtein ( — 1996-yil 2-iyulda Lyudmila Petrovna Shteyn () nomi bilan tugʻilgan) — rossiyalik faol va „Pussy Riot“ jamosi aʼzosi.

Faoliyati va jinoiy ayblovlar 2021-yilda Shtein Rossiyadagi siyosiy mahbuslarni qoʻllab-quvvatlagani uchun Moskvada oʻz sevgilisi Mariya Alyoxina bilan birga uy qamogʻiga olingan. Uy qamogʻida boʻlgan paytida uni kuzatish uchun toʻpigʻiga kuzatuv bilakuzugi oʻrnatilgan. Shtein, keyinroq Alyoxina ham yashil rangli ovqat yetkazib beruvchi kuryer kiyimlaridan foydalanib qochib ketgan. Shtein, shuningdek, uy hayvoni sifatida boqadigan kalamushini ham ovqat yetkazib berish sumkasida yashirincha olib chiqqan.

Shtein Rossiyada LGBT targʻibotini taqiqlovchi qonunlarga qarshi chiqib kelgan. 2023-yilda u va „Pussy Riot“ning yana uch aʼzosi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga qarshi norozilik bildirgan.

2023-yil noyabr oyida Rossiyadagi sud Shteinni Rossiya armiyasi haqida soxta xabar tarqatishda ayblagan. 2024-yilda Rossiya sudi uni X ijtimoiy tarmogʻidagi postlari orqali Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralagani uchun sirtdan 6 yilga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilgan.

2024-yilda Aleksey Navalniyning oʻlimiga munosabat bildirgan holda „Pussy Riot“ aʼzolari Shtein va Nadya Tolokonnikova Berlin shahridagi Rossiya elchixonasi oldida oʻtkazilgan xotira tadbirida ishtirok etgan.

2022-yildan beri Shtein Checheniston, Dogʻiston va Rossiyaning Shimoliy Kavkaz mintaqasidagi boshqa respublikalardan taʼqibga uchrayotgan LGBTQ+ kishilarning huquqlarini himoya qiluvchi va ularni evakuatsiya qiluvchi „North Caucasus SOS“ inqiroz guruhi bilan ishlamoqda.

Shaxsiy hayoti Shtein 2022-yilda Rossiyadan qochib chiqqanidan beri Litvaning Vilnyus shahrida yashab keladi. 2023-yilda Islandiya hukumati parlament qarori orqali Shteinga Islandiya fuqaroligini taqdim etdi.

Manbalar

Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Feminist musiqachilar Turkum:Islandiyalik feministlar Turkum:Islandiyalik LGBTQ huquqlari faollari Turkum:Rossiyalik feministlar Turkum:Rossiyalik LGBTQ huquqlari faollari