Georgina Abela (1959-yil 23-aprelda tugʻilgan) — maltalik xonanda va aktrisa. U Malta nomidan „Eurovision“ tanlovida turli davrlarda ijrochi, orqa vokal ijrochisi hamda qoʻshiq muallifi sifatida bir necha bor ishtirok etgan.

Karyerasi Abela yoshligidan qoʻshiq kuylashga qiziqib, bolalik davrida turli bolalar festivallarida ishtirok etgan. Keyinchalik esa u oʻz ijodiy faoliyatini rok yoʻnalishida boshlagan hamda 1980-yillar davomida shu uslubda ijodini davom ettirgan. 1985-yilgi telekoʻrsatuvlarda qoʻshiq ijro etishi orqali kengroq tanilib, Malta boʻylab klublar hamda turli festivallarda sahna chiqishlarini amalga oshira boshlagan.

1991-yilda Abela Malta nomidan „Eurovision–1991“ tanlovida Paul Giordimaina bilan duet tarzida „Could it be“ qoʻshigʻini ijro etgan hamda tanlovda 6-oʻrinni egallagan. Keyingi yili u „Eurovision–1992“da Malta sharafini himoya qilgan „Little Child“ qoʻshigʻi mualliflaridan biri (Raymond Mahoney bilan hamkorlikda) sifatida ishtirok etgan.

1996-yilda Abela yana Eurovision sahnasiga qaytib, bu safar „In a Womanʼs Heart“ qoʻshigʻi uchun orqa vokal ijrochisi sifatida qatnashgan.

2001-yilga kelib Abela Avstraliya, Kanada, Italiya hamda Janubiy Koreya kabi davlatlarda oʻtkazilgan bir qator konsertlarda sahna chiqishlarini amalga oshirgan.

2004-yilda u tanlovdagi Malta vakilini aniqlashga xizmat qiluvchi „Song for Europe Festival“ tanlovining finalchisi boʻlgan. U ushbu bosqichda Roger Tirazona tomonidan yozilgan hamda turmush oʻrtogʻi tomonidan bastalangan „Close To My Heart“ qoʻshigʻini ijro etgan.

2015-yilda Abela Winter Moods guruhining 30 yillik yubiley konsertida orqa vokal ijrochisi sifatida ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti Abela Maltaning Qormi shahrida tugʻilgan.

U 1986-yilda oʻzining ilk yakkaxon ijodiy faoliyati davomida yaqin hamkorlik qilgan bastakor Paul Abela bilan turmush qurgan. Ularning 1991-yilda tugʻilgan oʻgʻli Ryan Paul Abela ham xonanda sifatida ijod qilib kelmoqda.

Eurovision

Yil Nom Oʻrin 1991 Could it be (ijrochi) 6 1992 Little Child (qoʻshiq muallifi) 3 1996 In a Womanʼs Heart (orqa vokal ijrochisi) 10 2001 Another Summer Night (qoʻshiq muallifi) 9 Manbalar

Turkum:Qormida tugʻilganlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Maltalik Eurovision qoʻshiq tanlovi ishtirokchilari