Ingo Molnár — 2013-yil may holatiga koʻra Red Hat kompaniyasida ishlaydigan vengriyalik Linux xakeri. U operatsion tizimga xavfsizlik va unumdorlik sohasida qoʻshgan hissalari bilan tanilgan.

Hayoti va faoliyati Molnár Eötvös Loránd universitetida taʼlim olgan.

Ishlari Uning Linux yadrosiga qoʻshgan qoʻshimchalari orasida Linux 2.6.0 ning O(1) rejalashtiruvchisi va Linux 2.6.23 ning Completely Fair Scheduler (CFS) rejalashtiruvchisi, yadro ichidagi TUX HTTP/FTP serveri, shuningdek iplar bilan ishlashni yaxshilash boʻyicha ishlari mavjudKernelTrap — Ingo Molnár bilan suhbat (2002-12-03). U shuningdek „Exec Shield“ nomli yadro xavfsizlik xususiyatini yozdi. Bu xususiyat stek bajarish ruxsatini oʻchirib qoʻyish orqali x86 arxitekturasida stek asosidagi bufer toshib ketishi ekspluatatsiyalarining oldini oladi.

Thomas Gleixner bilan birgalikda u real vaqt rejimida ishlaydigan PREEMPT RT yamoq toʻplami ustida ishladi. Bu toʻplam Linux yadrosining maksimal ip almashish kechikishini chegaralanmagan millisekundlardan oʻnlab mikrosekundlar tartibidagi chegaralangan qiymatlarga kamaytirshni maqsad qiladi (tizimga qarab). 2011-yil holatiga koʻra Thomas Gleixner yamoqni yanada takomillashtirish va yamoq toʻplamining muhim infratuzilma yamoqlarini asosiy Linux yadrosiga kiritish ustida ishlaydi.

Linux 2.6.21 dan Linux 2.6.24 gacha boʻlgan davrda u Con Kolivas rejalashtiruvchi ishlari ilhomlantirgan Completely Fair Scheduler (CFS) ustida ishladi. CFS Linux 2.6.23 bilan Linux yadrosining avvalgi jarayonlar rejalashtiruvchisini almashtirdiLinux: Completely Fair Scheduler birlashtirildi (2007-07-10).

2012-yilda Molnár Linux ish stolini foydalanuvchilar uchun ilovalar nuqtai nazaridan „yetarlicha erkin emas“ deb tanqid qildi. U markazlashgan tarzda tashkil etilgan Linux distributivlarining odatda qoʻllaniladigan dasturiy taʼminotni tarqatish tizimi foydalanuvchilar va ilova ishlab chiqaruvchilarning talablarini qondirish uchun yetarlicha tez va moslashuvchan emasligini taʼkidlaydi. Molnár barqaror platforma va mustaqil dasturiy taʼminot provayderlari tomonidan shakllangan yanada moslashuvchan ilova infratuzilmasiga imkon beruvchi markazsizlashtirilgan joylashtirish usulini (Autopackage, Zero Install yoki AppImage kabi) taklif qiladi.

2022-yil boshida u „Fast Kernel Headers“ deb atalgan taxminan 2300 ta yamoqlar toʻplami boʻyicha RFC taqdim etdi. Bu yamoqlar yadro kompilyatsiya vaqtini 50-80% ga yaxshilash va shu bilan birga include fayllarining ierarxiyasi va bogʻliqliklari — yaʼni „dependency hell“ muammosini sezilarli darajada kamaytirish maqsadida moʻljallanganIngo Molnarning yamoq qoʻshimcha xati (2022-01-02).

Iqtiboslar Linux ish stolining ommaviy foydalanuvchilar tomonidan nima uchun hali qabul qilinmaganligi haqidagi savolga:

Manbalar

Havolalar Red Hatʼdagi Ingo Molnárning sahifasi Ingo Molnárning RT-yadro sahifasi RT-yadro Wiki Ingo LKML faoliyati

Turkum:Vengriyalik xakerlar Turkum:Xakerlar