Sandra Caldarone (talaffuzi: Sandra Kaldarone; 1972-yil 15-oktyabrda tugʻilgan), koʻproq Sandra Kim nomi bilan tanilgan — Bergen shahrida (Norvegiya) boʻlib oʻtgan Eurovision 1986 qoʻshiq tanlovida gʻolib chiqqan belgiyalik xonanda.

Yoshligi Kim Liège yaqinidagi Montegnée shahrida sartarosh ona va akkordeonchi ota oilasida dunyoga kelgan hamda etti yoshidan qoʻshiq aytishni boshlagan. Uning otasi Italiyaning Abruzzo viloyati, Chieti provinsiyasidagi Torrebruna kommunasidan kelgan italiyalik muhojir edi.

Karyerasi 1986-yil: Eurovision qoʻshiq tanlovi Eurovisionda gʻolib chiqqan vaqtida u bor-yoʻgʻi 13 yoshda boʻlib, tanlov tarixidagi eng yosh gʻolibga aylangan, garchi uning „J'aime la vie“ („Men hayotni sevaman“) qoʻshigʻi matnida oʻzining 15 yoshda ekanligi aytilgan boʻlsa ham; xonandaning haqiqiy yoshi maʼlum boʻlgach, Shveytsariya qoʻshiqni tanlovdan chetlashtirishni talab qilib ariza berganO'Connor, John Kennedy. The Eurovision Song Contest - The Official History. Carlton Books, UK. 2007 . Ushbu ariza yakunda rad etilgan va Kim oʻsha yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Kim, shuningdek, 1986-yilning kuzida Tokio shahrida boʻlib oʻtgan Yamaha musiqa festivalida Belgiyani himoya qilgan hamda Fransiyaning „Il était une fois... la vie“ animatsion teleseriali uchun asosiy saundtrekni ijro etgan.

Keyingi faoliyati Kimning pop-rok janridagi „Make Up“ albomi 2011-yil 12-mayda chiqarilgan boʻlib, unga Salvatore Adamo, Dani Klein (Vaya Con Dios), Ozark Henry, Anthony Sinatra (Piano Club), Jacques Duval va David Bartholomé (Sharko) kabi taniqli belgiya ijodkorlari tomonidan yozilgan qoʻshiqlar kiritilgan.

2020-yilda Kim „The Masked Singer“ shousining flamandcha talqinidagi birinchi mavsumida „Qirolicha“ obrazida gʻolib chiqqan.

2023-yil mart oyida Kim Belgiyaning fransuz tilidagi „ Drag Race Belgique“ realiti-shousining Tipik telekanalida efirga uzatilgan „A deux c’est mieux“ epizodida mehmon hakam sifatida ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti 1994-yilda Kim Olivier Gerard bilan turmush qurgan. Ular bir yildan keyin ajrashishgan. U 2001-yildan beri Jurgen Delanghe bilan nikohda yashab kelmoqda.

Diskografiyasi Studiyaviy albomlari „J'aime la vie“ (1986, fransuz tilida) „Bien dans ma peau“ (1988, fransuz tilida) „Balance tout“ (fransuz tilida) / „Met open ogen“ (niderland tilida) (1991) „Les Sixties“ (fransuz tilida) / „Sixties“ (niderland tilida) (1993) „Onvergetelijk“ (1997, niderland tilida) „Heel diep in mijn hart“ (1998, niderland tilida, 2 trekli trek-singl) „Make Up“ (2011, ingliz va fransuz tillarida)

Singllari „Ami-ami“ (1985, fransuz tilida) „Tokyo Boy“ (1986, fransuz tilida) „Sorry“ (1987, fransuz tilida) „Bel me, schrijf me“ (flamandcha xonanda Luc Steeno bilan duet, 1989, niderland tilida) „Anyway the Wind Blows“ (2010, ingliz tilida) „Who Are You“ (2020, ingliz tilida) „Inner Hero“ (Celien Hermans bilan birgalikda, 2025, ingliz tilida) Manbalar

Turkum:Eurovision qoʻshiq tanlovining gʻoliblari Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Belgiyalik qoʻshiqchilar