Eneda Tarifa (1982-yil 30-martda tugʻilgan) — albaniyalik xonanda va sobiq teleboshlovchi. U „Festivali i Këngës“ tanlovining 54-mavsumida gʻolib chiqib, Albaniya nomidan „Eurovision–2016“ tanlovida ishtirok etgan. Shuningdek, Tarifa 2011–2016-yillarda „Portokalli“ koʻrsatuvida faoliyat yuritgan.

Hayoti va karyerasi Eneda Tarifa Albaniyaning Tirana shahrida tugʻilgan. U 2001-yilda „Ika larg“ qoʻshigʻi bilan „Kënga Magjike“ tanlovida ishtirok etib, oʻz ijodiy faoliyatini boshlagan. 2003-yilda u „Festivali i Këngës“ning 42-mavsimida „Qëndroj“ qoʻshigʻi bilan qatnashib, final bosqichiga chiqqan. 2006-yilda Eneda yana „Kënga Magjike“da „Rreth zjarrit tënd“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etib, 154 ball bilan 4-oʻrinni egallagan hamda Çesk Zadeja Prize mukofotiga sazovor boʻlgan. Keyingi yili u „Festivali i Këngës“ tanlovi 46-mavsumida „E para letër“ qoʻshigʻi bilan qatnashib, finalda 17 ishtirokchi orasida 10-oʻrinni egallagan. 2010-yilda esa Top Fest tanlovida „Me veten“ qoʻshigʻi bilan gʻolib boʻlgan. Keyinchalik u „Portokalli“ koʻrsatuvida bir necha yillar davomida boshlovchi sifatida faoliyat yuritgan.

Eneda Tarifa bir muddat tanaffusdan soʻng 2015-yilda „Festivali i Këngës“ tanlovining 54-mavsumiga „Përrallë“ qoʻshigʻi bilan qaytgan va ushbu tanlovda gʻolib boʻlgan. Shu gʻalaba unga Albaniya nomidan „Eurovision–2016“ tanlovida ishtirok etish huquqini bergan. U 12-may kuni ikkinchi yarim finalda chiqish qilgan, biroq final bosqichiga oʻta olmagan.

2018-yilda u boshlovchi Ledion Liço va hakamlar Miriam Cani va Aleksandër & Renis Gjoka (duo) bilan „The Voice Kids Albania“ 2-mavsumida hakam boʻlgan.

Shaxsiy hayoti Eneda Tarifa musiqachi Erjon Zaloshnja bilan turmush qurgan. 2013-yilda ularning Aria ismli qizi dunyoga kelgan.

Manbalar

Turkum:Tiranada tugʻilganlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari