„Kraj mene“ (serb kirillchasida: Kraј mene, maʼnosi: „Yonimda“) — Serbiyaning Lavina guruhi ijrosidagi qoʻshiq boʻlib, u Serbiya nomidan 2026-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026da ishtirok etgan. Qoʻshiq shu yilning 2-fevralida „PGP-RTS“ ovoz yozish leybli orqali taqdim etilgan. Kraj mene qoʻshigʻi guruh aʼzolari tomonidan yozilgan va bastalangan. Ivan Jegdić esa tarona matnini serb tiliga oʻgirishda yordam bergan.
Kelib chiqishi va kompozitziyasi Guruh aʼzolarining taʼkidlashicha, „Kraj mene“ ularning shu kungacha shakllangan musiqiy va ijodiy uslubining davomi sifatida yaratilgan. Qoʻshiq dastlab ingliz tilida yozilgan boʻlsa-da, undagi his-tuygʻularni toʻliqroq yetkazib berish maqsadida serb tiliga moslashtirilgan. Guruh Eurovision tanlovi oldidan bergan intervyusida tanlov uchun maxsus, sunʼiy qoʻshiq yaratish niyatida emasliklarini bildirishgan. Ular buning oʻrniga oʻzlarining uslubiga sodiq qolgan holda, haqiqiy his-tuygʻularini boricha koʻrsatishga qaror qilishgan.
Qoʻshiq matnida hissiy kechinmalar, javobsiz sevgi va insonning ichki ziddiyatlari mavzulari yoritilgan. Qoʻshiq matnida lirik qahramonning oʻziga nisbatan hech qanday his-tuygʻusi boʻlmagan insonga qattiq koʻngil qoʻygani tasvirlangan. U azob chekishiga qaramay, baribir umidini uzmaydi. Taronadagi „Bu bir tomonlama sevgi meni ado qilyapti“ (inglizcha: „This one-sided love is killing me“) degan satrlar hamda rad etilganiga qaramay, oʻsha insonning yonida („next to me“) boʻlishni istashi uning qanchalik ogʻir ruhiy qiynoqda ekanini koʻrsatib beradi.
Eurovision qoʻshiqlari va milliy saralash bosqichlari boʻyicha eng yirik maʼlumotlar bazalaridan biri boʻlgan „EurovisionWorld“ sayti ushbu qoʻshiqni tahlil qildi. Ularning qayd etishicha, qoʻshiqning mayin va rok uslubidagi musiqiy tuzilishi uni boshqa qoʻshiqlardan ajratib turadi. Shuningdek, saytda guruhning gʻalaba qozonishiga tomoshabinlar va hakamlar hayʼati tomonidan berilgan kuchli qoʻllab-quvvatlash sabab boʻlgani ham qayd etilgan.
Tanqidiy munosabatlar Serbiyaning bir nechta koʻngilochar nashrlari „Kraj mene“ qoʻshigʻi Eurovision uchun xos boʻlmagan, kamdan-kam uchraydigan janrdagi tarona ekanini alohida taʼkidlashdi. Ommaviy axborot vositalarida chiqish hissiyotlarga boy va energiyaga toʻla ekani qayd etilgan boʻlib, unga ham hakamlar, ham tomoshabinlar yuqori baho bergani aytilgan.
Germaniyaning „Metal Hammer“ jurnali qoʻshiqning gʻalabasini olqishlab, tanlovda Serbiya jamoasiga omad tilashini (ular uchun duoda ekanligini) maʼlum qilgan..
Janob Lordi ham ushbu kompozitsiyani yuqori baholadi.
Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026-yilning may oyida Avstriyaning Vena shahrida Eurovision qoʻshiq tanlovi boʻlib oʻtdi. Serbiya birinchi yarim finalda qatnashib, 187 ball bilan beshinchi oʻrinni egalladi. Katta finalda esa guruh 90 ball bilan 17-oʻrinni egalladi..
Pesma za Evroviziju 26 Serbiyaning milliy teleradiokompaniyasi — Radio Television of Serbia (RTS) — Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026 uchun mamlakat vakilini aniqlash maqsadida „Pesma za Evroviziju 26“ tanlovini tashkil etdi. Musobaqa 2026-yilning 24 va 26-fevral kunlari boʻlib oʻtgan ikkita yarim final hamda 28-fevraldagi final bosqichidan iborat boʻldi. Lavina yarim finaldan muvaffaqiyatli oʻtib, finalga yoʻl oldi va u yerda hakamlar hay’ati hamda tomoshabinlar ovoz berishi boʻyicha eng yuqori ballni qoʻlga kiritib gʻalaba qozondi. Ularning gʻalabasi Serbiyaning 2026-yilda Vena shahrida boʻlib oʻtadigan Eurovision qoʻshiq tanlovida ishtirok etish huquqini berdi.
Chartlar + Kraj menening chartdagi natijalari Chartlar (2026)Eng yuqorioʻrin Litva (AGATA) 69
Manbalar
Turkum:Eurovision qoʻshiq tanlovi Turkum:Serbiya qo'shiqlari Turkum:2026-yil singllari