Valeriya Aleksandrovna Reshetnikova-Tsatouryan (, ; 1987-yil 13-iyulda tugʻilgan) — Eva Rivas taxallusi tanilgan rossiyalik arman xonandasi. U „Apricot Stone“ qoʻshigʻi bilan Armaniston nomidan „Eurovision–2010“ tanlovida ishtirok etgan. 2014-yilda Eva Rivas „The Voice of Armenia“ koʻrsatuvining uchinchi mavsumida hakam sifatida faoliyat yuritgan.
Yoshligi Eva Rivas Rossiyaning Rostov-Don shahrida arman onadan hamda rus va yunon kelib chiqishiga ega otadan tugʻilib voyaga yetgan. U oʻzining sahna taxallusi — Eva Rivasni yunon millatiga mansub katta buvisidan olgan. Rostov-Donda ulgʻaygan davrida Rivas „Arevik“ arman ansambli tarkibida qoʻshiq kuylaganEva Rivas Biography..
Karyerasi 2010-yil 14-fevralda Eva Rivas Armaniston milliy saralash tanlovida gʻolib chiqib, „Apricot Stone“ qoʻshigʻi bilan Armaniston nomidan „Eurovision–2010“ tanlovida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. U yarim finalda oltinchi oʻrinni egallab, final bosqichiga yoʻl olgan. Finalda 21-raqam ostida sahnaga chiqib, 141 ball bilan yettinchi oʻrinni egallagan. Oʻsha yili qoʻshigʻini targʻib qilish maqsadida Rivas tanlovdan oldin Yevropaning bir qator mamlakatlariga tashrif buyurgan.
U Armaniston nomidan „Eurovision–2012“ qoʻshiq tanlovida ham ishtirok etishni istagini bildirgan, biroq yakunda Armaniston oʻsha yilgi tanlovda qatnashmagan.
Diskografiyasi Singllari Nomi Yil Chartdagi eng yuqori natijasi SWI „Apricot Stone“ 2010 54 Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Rostov viloyatida tugʻilganlar