Fakhri Ismayilov (; 1995-yil 10-aprelda tugʻilgan) FAHREE taxallusi bilan tanilgan ozarbayjonlik xonanda va qoʻshiqnavis. U „Özünlə apar“ qoʻshigʻi bilan Ozarbayjon nomidan „Eurovision–2024“ tanlovida Ilkin Dovlatov bilan duet tarzida ishtirok etgan.
Yoshligi Fakhri Ismayilov 1995-yilda Boku shahrida tugʻilgan. U sanʼatkorlar oilasida voyaga yetgan: otasi jazz barabanchisi, bobosi esa aktyor boʻlgan. Fahree huquq yoʻnalishi boʻyicha bakalavr va magistr darajalarini olgan. COVID-19 pandemiyasi davrida u musiqaga yanada koʻproq eʼtibor qaratib, bolalik orzusi — musiqachi boʻlish sari faol harakat qilgan.
Karyerasi Fakhri Ismayilov 2022-yilda oʻzining ilk singli — „Dance“ni chiqargan va keyinchalik yana ikkita qoʻshiqni ham taqdim etgan.
2023-yil oktyabr oxirida Ozarbayjon telekanali boʻlmish İctimai Television uni 2024-yilgi „Eurovision“ milliy saralashining 16 nomzodi orasida ekanligni eʼlon qilgan. Keyingi hafta u final bosqichiga chiqqan 6 ishtirokchidan biri boʻlgan. 2024-yil 7-mart kuni u Ozarbayjon vakili sifatida tanlangan. U sahnada Ilkin Dovlatov bilan birga „Özünlə apar“ qoʻshigʻini ijro etgan. Duet 7-may kuni boʻlib oʻtgan birinchi yarim finalda 15 ishtirokchi orasida 14-oʻrinni egallab, finalga chiqa olmagan.
Diskografiyasi Singllari Nomi Yil Albom yoki Mini-albom „Dance“ 2022 rowspan="8" „“(Mila Miles bilan) „“ 2023 „“ 2024 „“ „“ „“ „“ 2025 Manbalar
Turkum:Bokuda tugʻilganlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Yashayotgan insonlar