„Too Epic to Be True“ (estoncha: Liiga eepiline et olla tõsi) — Estoniyaning „Vanilla Ninja“ guruhi tomonidan ijro etilgan qoʻshiqdir. Mazkur tarona Estoniyaning „Eesti Laul 2026“ milliy saralash tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgach, mamlakat nomidan vakil sifatida Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026da qatnashdi.

Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026 Eesti Laul 2026 „Eesti Laul 2026“ — Estoniya teleradiokompaniyasi (ERR) tomonidan „Eurovision 2026“ qoʻshiq tanlovi uchun mamlakat vakilini aniqlash maqsadida tashkil etilgan „Eesti Laul“ milliy saralash shousining 18-nashridir. Mazkur musobaqa 2026-yil 14-fevral kuni Tallinn shahridagi „Unibet Arena“ majmuasida boʻlib oʻtdi va finalda oʻn ikkita qoʻshiq oʻzaro kurash olib bordi.

Oʻttiz toʻrt nafardan iborat hakamlar hayʼati aʼzolari kelib tushgan arizalar orasidan „Vanilla Ninja“ guruhini „Too Epic to Be True“ taronasi bilan tanlov finalchilaridan biri sifatida tanladi. Bu haqida 2025-yilning 30 va 31-oktyabr kunlari „ETV“ telekanalining „Ringvaade“ koʻngilochar dasturi efirida rasman eʼlon qilindi. Guruh avval 2005-yilda „Cool Vibes“ qoʻshigʻi bilan Shveysariya sharafini Eurovision qoʻshiq tanlovida himoya qilgan edilar. Tanlovning final bosqichida guruh hakamlar hayʼati ovozlariga koʻra oltinchi, teletomoshabinlarning ovoz berish natijalariga koʻra esa birinchi oʻrinni egalladi va jami 19 ball toʻpladi. Superfinalda „Vanilla Ninja“ guruhi teletomoshabinlar tomonidan berilgan umumiy ovozlarning taxminan 35 foizini qoʻlga kiritdi. Tanlovdagi gʻalabasi natijasida ular Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026da Estoniya sharafini himoya qilish huquqini qoʻlga kiritdi.

Eurovision 2026 Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026-yil Avstriyaning Vena shahridagi Wiener Stadthalle arenasida boʻlib oʻtdi. Tanlovning yarim finallari 12 va 14-may kunlari, finali esa 16-mayda oʻtkazildi. 2026-yil 12-yanvarda oʻtkazilgan qurʼa tashlash marosimi natijasiga koʻra, Estoniya birinchi yarim finalning ikkinchi qismida ishtirok etadigan boʻldi.

Estoniya yarimfinalda 11-oʻrinni egalladi va final bosqichiga yoʻllanma ololmadi. Jonli ijro davomida Vanilla Ninja guruhiga sahna ortida barabanchi Borka hamda ikki nafar bek-vokalchi — Kaire Vilgats va Dagmar Oja hamrohlik qildi.

Chartlar

Oylik chartlar + Oylik reyting natijalari Chartlar (2026) eng yuqori oʻrni Estoniya Airplay (TopHit) 25

Manbalar

Turkum:Eurovision qoʻshiq tanlovi Turkum:Estoniya qo'shiqlari Turkum:2025-yil singllari