Stef Caers (1980-yil 5-iyulda tugʻilgan) — Gustaph taxallusi bilan tanilgan belgiyalik qoʻshiqchi, bastakor, prodyuser va vokal murabbiyi. U „Because of You“ qoʻshigʻi bilan Buyuk Britaniyaning Liverpul shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2023“ tanlovida Belgiya sharafini himoya qilgan hamda yakunda 7-oʻrinni egallagan.

Biografiyasi Caers 1980-yil 5-iyulda Flemish Brabant provinsiyasining Leuven shahrida tugʻilgan. U musiqa sohasidagi faoliyatini Gent Qirollik konservatoriyasida tahsil olayotgan davrida boshlagan va dastlab Steffen taxallusi ostida ijod qilgan. 2000-yilda uning ilk singli boʻlgan „Gonna Lose You“ ommalashib, Flamand singllar reytingida 22-oʻringa koʻtarilgan. Shundan soʻng u „Sweetest Thing“ nomli ikkinchi singlini eʼlon qilgan.

Keyingi yillarda Caers asosiy eʼtiborini qoʻshiq yozish va musiqiy prodyuserlik faoliyatiga qaratgan. Shu bilan birga, u bek-vokal ijrochisi sifatida ham faoliyat yuritib, jumladan Lady Linn va Willy Sommers kabi sanʼatkorlar bilan hamkorlik qilgan. 2010-yillarning boshlarida esa Hercules and Love Affair guruhiga yetakchi vokalchilardan biri sifatida qoʻshilgan.

Caers 2018-yilda oʻtkazilgan „Eurovision-2018“ tanlovida Sennekning, 2021-yilda boʻlib oʻtgan „Eurovision-2021“ tanlovida esa Hooverphonic guruhining vokal ijrochisi sifatida sahnaga chiqqan. Xonandalik faoliyatidan tashqari, u vokal murabbiyi sifatida ham ishlagan hamda Gentdagi KASK Qirollik tasviriy sanʼat akademiyasida pedagoglik faoliyatini olib borgan. 2022-yil noyabr oyida Caers „Eurovision-2023“ tanlovi uchun Belgiyaning milliy saralash bosqichi hisoblangan „Eurosong 2023“ musobaqasining yetti ishtirokchisidan biri sifatida eʼlon qilingan.

Uning „Because of You“ qoʻshigʻi 2023-yil 14-yanvarda oʻtkazilgan finalda gʻolib chiqqan va Buyuk Britaniyaning Liverpul shahrida boʻlib oʻtgan „Eurovision-2023“ tanlovida Belgiya sharafini himoya qilgan. Yakunda u 7-oʻrinni egallagan.

Shaxsiy hayoti Caers gomoseksual ekanligini 14 yoshida oshkor qilgan. U oʻzining sahna nomi sifatida Gustaph taxallusini tanlagan boʻlib, bu nom otasining choʻqintirgan otasi Gustav sharafiga qoʻyilgan.

Diskografiyasi Studiyaviy albomlari + List of studio albums, with selected details Nomi Maʼlumotlari Chartdagi eng yuqori natijasi BEL(FL) Look at Us Now Chiqarilgan: 2025-yil 28-mart Leybl: N. E.W. S. 5

Singllari Nomi Yil Chartdagi eng yuqori natijasi Albom yoki Mini-albom BEL(FL) AUSDigital LTU SWE UK „Gonna Lose You“ 2000 22  — rowspan="4"  — — rowspan="7" „Sweetest Thing“ —  —  — — „Same Thing“ 2011 —  —  — — „Jaded“ —  —  — — „Second Coming“(Adam Joseph bilan) 2020 —  —  —  — — „Call“(Lady Linn bilan) 2022 —  —  —  — — „The Nail“ 2023 —  —  —  — — „Because of You“ 2 40 15 82 63 Look at Us Now „Already Know“ 20  —  —  — — „Faith in What You Feel“ 2024 29  —  —  — — „Calls Your Name“ —  —  —  — — „Really Mine“ 2025 34  —  —  — —

Manbalar

Turkum:Leuvenda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari