2032-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari, rasman XXXV Olimpiada oʻyinlari va Brisben 2032 nomlari bilan tanilgan, 2032-yil 23-iyuldan 8-avgustgacha Avstraliyaning Brisben shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan xalqaro sport musobaqasidir.

Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi 2021-yil 21-iyul kuni Tokioda oʻtkazilgan 138-sessiyasida Brisbenni 2032-yilgi Yozgi Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlariga mezbon sifatida tasdiqlagan.

Bu Avstraliyada oʻtkaziladigan uchinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlari boʻladi. Avvalroq mamlakat Melburn 1956 va Sidney 2000 oʻyinlariga mezbonlik qilgan.

Manbalar

Tashqi havolalar

Brisben 2032 rasmiy sahifasi

Turkum:Yozgi Olimpiada oʻyinlari