Yasir ibn Amir ibn Molik al-Ansiy (; milodiy VI/VII asr) — islom payg‘ambari Muhammadning ilk sahobalaridan biri. Islomdagi ikkinchi shahid boʻlgan shaxs, birinchi shahid uning rafiqasi Sumayya bintu Xabbat boʻlgan.
Yoshligi Yasir aslida Yamandagi Mazhij qabilasining Molik urugʻidan boʻlgan. U ikki ukasi al-Horis va Molik bilan shimolga, yoʻqolib qolgan toʻrtinchi ukasini qidirib Makkaga yoʻl olgan. Al-Horis va Molik Yamanga qaytgan, ammo Yasir Makkada qolib yashashga qaror qilgan. Uni Quraysh qabilasining Banu Maxzum urugʻiga mansub Abu Huzayfa ibn al-Mugʻira oʻz himoyasiga olganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha PublishersMuhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Landau-Tasseron, E. (1998). Volume 39: Biographies of the Prophetʼs Companions and Their Successors. Albany: State University of New York Press.
Abu Huzayfa Yasirga oʻz choʻrisi Sumayyani nikohlab bergan. Taxminan 566-yilda ularning Ammor ismli oʻgʻli dunyoga kelganIbn Saad/Bewley 3:203. „Ammar was killed … in Safar 37 AH at the age of 93.“Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha PublishersMuir, W. (1861). The Life of Mahomet, vol. 2, p. 125. London: Smith, Elder & Co. Yasirning Hurays va Abdulloh ismli yana ikki oʻgʻli ham boʻlgan, ammo ularning onasi aynan Sumayya boʻlgani haqida aniq dalil yoʻq. Uch oʻgʻilning kattasi Hurays 610-yildan oldin Dil urugʻi tomonidan oʻldirilgan.
Islomni qabul qilishi Yasir, Sumayya, Abdulloh va Ammorning barchasi islom dini kirib kelgan ilk davrlaridayoq musulmon boʻlgan. Taxminan 614-yildan Quraysh ijtimoiy mavqei past boʻlgan musulmonlarni taʼqib qila boshlaganMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press. . Abu Huzayfaning vafotidan soʻng Yasir va uning oilasi Makkada himoyasiz qolgan, Maxzum urugʻi esa ularni eʼtiqodidan qaytarish uchun qiynoqqa solgan.
Yasir, Sumayya va Ammor kunning jazirama issigʻida quyoshda sovut kiygan holda tik turishga majbur qilingan. Paygʻambar Muhammad ularning bu holatini koʻrib oʻtib ketar ekan, shunday degan: „Sabr qiling, ey Yasir xonadoni! Sizlar uchrashadigan joy Jannatdir“.
Maxzum urugʻining aʼzosi Abu Jahl Sumayyani nayzasi bilan sanchib oʻldirgan.
Ibn Isʼhoq, Ibn Saʼd, Imom al-Buxoriy, Muslim ibn Hajjoj yoki Tabariy kabi olimlar tomonidan keltirilgan ilk manbalarning hech birida Yasirning oʻlimi tilga olinmagan.
Yana qarang Al-Ansiy Sahobalar
Manbalar
Havolalar http://www.haneen.com.eg/islam/SahabahStories/Ammar.shtm
Turkum:Sahobalar Turkum:Shahid boʻlgan sahobalar