Speak, Bird, Speak Again: A book of Palestinian folk tales — dastlab 1989-yilda ingliz tilida falastinlik mualliflar Ibrohim Muhaviy hamda Birzayt universiteti sotsiologiya va antropologiya professori Sharif Kanona tomonidan nashr etilgan kitob.
1989-yilgi asl inglizcha nashridan soʻng, 1997-yilda YUNESKO tomonidan asarning fransuzcha, 2001-yilda esa Livanda arabcha nashri chop etildi.
Kitob tarkibiga Falastinning turli hududlaridan (Galileya, Gʻarbiy Sohil va Gʻazo) boʻlgan ayollar tomonidan soʻzlab berilgan ikki yuzta ertak ichidan saralab olingan 45 ta Falastin xalq ertagi, jumladan, Falastin hikoyalari kiritilgan. Toʻplamdagi hikoyalar ularning ommaviyligi, estetik va hayotiy jozibasi hamda koʻp asrlik Falastin xalq madaniyati haqida soʻzlashi asosida tanlab olingan. Mualliflar ushbu kitob uchun material toʻplashga 30 yil vaqt sarflashgan.
Kitobning inglizcha versiyasi ham Berkli Kaliforniya universiteti, ham Chikago universitetidagi adabiyot kurslari doirasida oʻrganiladi. Professor Kanonaning oʻzi esa Birzayt universitetining magistratura dasturlarida ushbu kitob asosida dars bergan.
„Speak, Bird, Speak Again“ toʻplamidagi ayrim xalq ertaklaridan boshqa toʻplam va kitoblarda ham foydalanilgan: Margareth Read MacDonald, Alik Arzumanian (illyustrator), (2006): „Tunjur! Tunjur! Tunjur! A Palestinian Folktale“ (ISBN 978-0-7614-5225-6) asari dastlab „Speak, Bird, Speak Again“ kitobi uchun Jalilaning Arroba qishlogʻidan boʻlgan Fotima Abdulqodir tomonidan soʻzlab berilgan „Tunjur, Tunjur“ hikoyasiga asoslangan. Soniya Nimr (Gʻada Karmiy muqaddimasi bilan), (2007): „Ghaddar the Ghoul and other Palestinian Stories“ (ISBN 978-1-84507-523-1) kitobidagi „Hasan and the Golden Feather“ hikoyasi „Speak, Bird, Speak Again“ toʻplamidagi „Bushel of Gold“ (yoki „The Golden Pail“) nomli ertakka asoslangan.
Bahs-munozaralar 2007-yilda Hamas boshqaruvidagi Falastin milliy maʼmuriyati kitobni taqiqlab qoʻydi hamda professor Kanonaning ushbu asarini maktab kutubxonalaridan yigʻib olish va yoʻq qilish haqida koʻrsatma berdi, biroq keyinchalik bu taqiq bekor qilindi. Muallifning tushuntirishicha, kitob notoʻgʻri talqin qilingan: „Chunki bu asar bolalarga oʻrgatish uchun moʻljallanmagan, aksincha, u adabiyotshunoslikning magistratura va doktorantura bosqichlarida oʻqitiladi“Hamas school book ban sparks anger Hamas bans Palestinian folk tales book from schoolsHamas reverse on schoolbook banBook ban turns intra-Palestinian fight cultural .
Falastinlik yozuvchi Zakariyo Muhammad 45 ta xalq ertagidan iborat ushbu kitobni taqiqlash haqidagi HAMAS qarori „faqatgina bir boshlanish“ ekanidan ogohlantirdi va ziyolilarni chora koʻrishga chaqirdi. U shunday degan edi: „Agar biz hozir islomchilarga qarshi turmasak, ular kitoblar, qoʻshiqlar va folklorni musodara qilishdan toʻxtamaydilar“Hamas orders book of Palestinian folk tales pulled from schools, Tuesday, 6 March 2007. By Mohammed Daraghmeh and Dalia Nammari, Associated Press..
Kitobni taqiqlash toʻgʻrisidagi qaror jamoatchilikning keng koʻlamli noroziligidan soʻng koʻp oʻtmay bekor qilindi http://news.bbc.co.uk/2/hi/middle_east/6445465.stm .
Yana qarang Falastin adabiyoti
Manbalar
Havolalar To‘liq onlayn versiyasi
Turkum:Arab mifologiyasi Turkum:Falastin adabiyoti Turkum:Falastin madaniyati