Après toi (fransuzcha talaffuzi: [apʁɛ twa]; tarjimasi: „Sizdan keyin“) — gretsiyalik xonanda Vicky Leandros tomonidan kuylangan qoʻshiq. Tarona musiqasini xonandaning otasi Leo Leandros (Mario Panas taxallusi ostida) va germaniyalik bastakor Klaus Munro yaratgan, fransuzcha matnini esa Yves Dessca yozgan. Ushbu qoʻshiq Edinburgh shahrida boʻlib oʻtgan 1972-yilgi Eurovision qo'shiq tanlovida Lyuksemburg sharafini himoya qilib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
Tarixi Yaratilish tarixi „Après toi“ taronasining musiqasi Leandrosning otasi, Mario Panas taxallusi bilan tanilgan Leo Leandros (Leandros Papathanasiou) hamda germaniyalik bastakor Klaus Munro tomonidan bastalangan, fransuzcha matnini esa Yves Dessca yozgan. Qoʻshiq dramatik ballada boʻlib, unda xonanda sevgilisi uni boshqa birov uchun tashlab ketganidan keyin oʻziga nima boʻlishini tasvirlaydi: „Sizdan keyin men faqat soyangizning soyasi boʻlib qolaman“.
Eurovision Tarona ushbu tanlovdan oʻta olmagach, 1971-yilgi Eurovision gʻolibi — „Un banc, un arbre, une rue“ qoʻshigʻi hammuallifi Yves Dessca unga fransuzcha matn yozdi. Compagnie Luxembourgeoise de Télédiffusion (CLT) esa ushbu qoʻshiqni Eurovision qoʻshiq tanlovining 17-mavsumida qatnashish uchun Lyuksemburg nomidan tanlab oldi. Dessca Eurovision tarixida ketma-ket ikki marta gʻalaba qozongan yagona muallif boʻlib qolmoqda.
Vicky Leandros ushbu taronani fransuz tilidan tashqari inglizcha „Come What May“, italyancha „Dopo te“, nemischa „Dann kamst du“, ispancha „Y después“, grekcha „Móno esý“ (Μόνο εσύ) hamda yaponcha „Omoide ni ikiru“ (思い出に生きる) variantlarida ham yozgan. Bu Leandrosning Eurovision qoʻshiq tanlovidagi ikkinchi ishtiroki edi. Xonanda 1967-yilgi tanlovda „L’amour est bleu“ taronasi bilan toʻrtinchi oʻrinni egallagan.
1972-yil 25-martda Edinburgdagi Usher Hall saroyida Eurovision qoʻshiq tanlovi boʻlib oʻtdi. British Broadcasting Corporation (BBC) boshchiligida tashkil etilgan ushbu musobaqa butun qitʼa boʻylab jonli efirda namoyish etildi. Tanlov kechasida Leandros „Après toi“ taronasini oʻn yettinchi raqam ostida ijro etdi. U Belgiya vakillari Serge & Christine Ghisoland ijrosidagi „À la folie ou pas du tout“ qoʻshigʻidan keyin va Niderlandiya vakillari Sandra & Andres ijrosidagi „Als het om de liefde gaat“ taronasidan oldin sahnaga chiqdi. Lyuksemburg jamoasining jonli orkestr joʻrligidagi chiqishiga Klaus Munro dirijyorlik qildi.
Ovoz berish yakunlariga koʻra, tarona 128 ball toʻpladi va 18 ta ishtirokchi ichida birinchi oʻrinni egallab, tanlov gʻolibiga aylandi. Tarona Buyuk Britaniya vakili — The New Seekers guruhi ijro etgan „Beg, Steal or Borrow“ qoʻshigʻini ortda qoldirdi. 1973-yilda „Après toi“ qoʻshigʻidan keyingi gʻoliblikni Lyuksemburg nomidan qatnashgan Anne-Marie David ijrosidagi „Tu te reconnaîtras“ taronasi qoʻlga kiritdi.
Natijalar va keyingi voqealar 2005-yil 22-oktabr kuni Kopengagenda oʻtgan Eurovisionning 50 yillik yubiley shousida Anne-Marie David intermediya dasturining bir qismi sifatida ushbu taronani kuyladi.
Chartlardagi natijalari Haftalik chartlar
Chartlar (1972) Eng yuqori oʻrni Australiya (Kent Music Report)23 Belgiya (Ultratop)3 Belgium/Wallonia1 Niderlandiya (Dutch Top 30)1 Fransiya (SNEP) Select „Vicky Leandros“ from the artist drop down menu1 Germaniya (Media Control)11 Irlandiya (IRMA)2 Malaziya3 Norvegiya (VG-lista)2 Janubiy Afrika (Springbok Radio) 1 Shveysariya (Shveysariya chartlari)1 Buyuk Britaniya (Rasmiy singl chartlar)2
Sotuvlar + Hudud Sotuvlar Fransiya 800,000
Manbalar