Adolf „Dado“ Topić (1949-yil 4-sentyabrda tugʻilgan) — xorvatiyalik rok musiqachisi. U sobiq Yugoslaviyadagi 1970-yillar progressiv rok guruhi Time asoschisi va yetakchi vokalchisi sifatida tanilgan. Shuningdek, 1970-yildan 1971-yil oxirigacha mashhur progressiv rok guruhi Korni Grupaning bosh vokalchisi boʻlgan. U Dragonfly guruhi bilan birgalikda „Vjerujem u ljubav“ qoʻshigʻini ijro etib, Finlyandiyaning Helsinki shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2007“ tanlovida Xorvatiya sharafini himoya qilgan.
Karyerasi Topić Etnofest Neum festivalida ikki marotaba ishtirok etgan. U 1997-yilda „Na te mislim“, 2008-yilda esa „Nema prodaje“ qoʻshiqlari bilan sahnaga chiqqan. Shuningdek, u Smak guruhi bilan hamkorlik qilgan hamda ushbu jamoa tarkibida qoʻshiq ijro etish va albomlar prodyuserligi bilan shugʻullangan.
Diskografiyasi Studiyaviy albomlar Neosedlani (1979) Šaputanje na jastuku (1980) Otok u moru tišine (2001) Apsolutno sve (2004)
Toʻplam albomlar The Best Of (Slađana Milošević bilan, 1989) The Ultimate Collection (Time guruhi bilan, 2007)
Manbalar
Havolalar
Biography (xorvatchada) Dado Topić born on 4 September 1949 (in Croatian)
Turkum:Siverićda tugʻilganlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari