Katri Helena Kalaoja (qizlik familiyasi Koistinen; 1945-yil 17-avgustda tugʻilgan) — finlandiyalik isteʼfodagi xonanda.
Karyerasi Katri Helena ilk qoʻshiqlarini 1963-yilda chiqargan. Shundan buyon uning sertifikatlangan yozuvlari sotuvi 630 ming nusxadan oshgan. Bu natija uni Finlyandiyada Madonna ortidan ikkinchi eng koʻp sotilgan ayol yakkaxon ijrochi hamda mamlakat musiqa bozoridagi eng koʻp sotilgan 20 ijrochi qatoriga kiritgan.
U Finlyandiya sharafini „Eurovision“ qoʻshiq tanlovida ikki marta himoya qilgan: 1979-yilda „Katson sineen taivaan“ va 1993-yilda „Tule luo“ qoʻshiqlari bilan.
Shuningdek, u 1969-yilda Polshaning Sopot xalqaro qoʻshiq festivalida „Valssi“ qoʻshigʻini ijro etgan.
Shaxsiy hayoti Katri Helena uch marta turmush qurgan. Uning turmush oʻrtogʻi Timo Kalaoja bilan nikohidan ikki qizi va bir oʻgʻli boʻlgan. Timo Kalaoja 1988-yilda yurak xurujidan vafot etgan. Bu yoʻqotish xonandaga qattiq taʼsir koʻrsatgan va u toʻrt yil davomida jamoatchilikdan chekinib, sahna faoliyati hamda ovoz yozish ishlarini toʻxtatgan.
Uning yagona oʻgʻli Juha Kalaoja 2009-yil 29-aprelda, 33 yoshida insult oqibatida vafot etgan.
Diskografiyasi Albomlari (1964) (1964) Katri Helena (1966) (1967) (1968) (1969) (1971) (1972) (1973) (1973) (1975) Lady Love (1976) (1978) (1979) (1980) (1981) (1982) (1984) (1986) Almaz (1988) (1989) Anna mulle tähtitaivas (1992) (1993) (1995) (1996) (1998) (2000) (2004) (2006) (2006) (2009) (2011) (2012) (2014) (2015)
Singllari „“ (1974) „“ (1979) „“ (1993) „“ (Jari Sillanpää bilan; 2007) „“ (2014)
Manbalar
Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Finlandiyalik qo'shiqchilar