Shiroyama toʻgʻoni (, Shiroyama damu) — Yaponiyaning Xonsyu orolidagi Sagamihara shahrida, Sagami daryosining asosiy oqimi ustida qurilgan koʻp maqsadli toʻgʻondir. U Kanagawa prefekturasi hududida joylashgan. Tarixi Sagami daryosi vodiysining gidroenergetikani rivojlantirish salohiyati 1930-yillarda, Yokohama-Kanagawa sanoat mintaqasida sanoat va elektr energiyasi isteʼmolining oʻsishi bilan rivojlana boshladi. Sagami daryosining asosiy oqimidagi birinchi toʻgʻon boʻlgan Sagami to‘g‘oni ustidagi ishlar 1938-yilda boshlangan, ammo moliyalashtirishning yetishmasligi va Ikkinchi Jahon urushining boshlanishi qurilishni urush tugagunga qadar kechiktirdi. Shiroyama toʻgʻonidagi ishlar 1960-yilda boshlangan va 1965-yilda Kumagai Gumi qurilish kompaniyasi tomonidan yakunlangan. Toʻgʻon konstruksiyasi Shiroyama toʻgʻoni — ichi kovak betonli gravitatsion toʻgʻon. U Yokohama, Kawasaki, Yokosuka shaharlari va Shōnan hududini suv toshqinlaridan himoyalash, shuningdek, sanoat va ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun qurilgan. Toʻgʻon yuqori oqimdagi Honzawa toʻgʻoni bilan birgalikda gidroakkumulyatsion elektr stansiyasi vazifasini ham bajaradi. Unga biriktirilgan Shiroyama GESning oʻrnatilgan quvvati 250 000 kVtni, Tsukui GESning qoʻshimcha quvvati esa 25 000 kVtni tashkil etadi. Shiroyama elektr stansiyasidagi reversiv turbinali generatorlar ham elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi qurilma, ham nasos sifatida ishlashga moʻljallangan boʻlib, elektr energiyasiga talab kamaygan vaqtlarda suv oqimini Honzawa toʻgʻoni suv omboriga qaytarib haydaydi.
Toʻgʻon hosil qilgan Tsukui koʻli (, Tsukui-ko) Kanagava prefekturasidagi asosiy dam olish maskani boʻlib, qayiqchilar, baliqchilar va sayyohlar orasida mashhurdir. Toʻgʻon atrofi Shiroyama toʻgʻoni va Sukui koʻliga 413-sonli Yaponiya milliy avtomobil yo‘li orqali borish mumkin. Bu yoʻl toʻgʻonning aynan ustidan oʻtgan. Toʻgʻon yaqinida esa Tsukuiko Shiroyama parki joylashgan. Manbalar
Japan Commission on Large Dams. Dams in Japan:Past, Present and Future. CRC Press (2009). Takeuchi, Kuniyoshi. Sustainable Reservoir Development and Management. IAHS Press (November 1998). Tashqi havolalar
photo page
Turkum:Yaponiyadagi to‘g‘onlar