Nursultonqyzy Qulibayeva (Nazarbayeva; Dinara Nұrsұltanqizi Qұlibaeva; 1968-yil 19-avgustda tugʻilgan) — qozogʻistonlik milliarder, tadbirkor ayol va Qozogʻistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning oʻrtancha qizi. U qozogʻistonlik oligarx Timur Qulibayevning turmush oʻrtogʻidir.

Dinara 3,8 milliard AQSH dollariga baholangan boyligi bilan Qozogʻistonning ikkinchi eng boy shaxsi hisoblanadi. 2022-yildagi Qozogʻiston norozilik namoyishlari vaqtida Forbes maʼlumotlariga koʻra, 200 million AQSH dollari miqdoridagi boyligidan ayrilgan.

Tarjimai holi Nazarbayeva Temirtau, Qozoq SSRda tugʻilgan. U Katta juz tarkibidagi Shaprashti urugʻidan kelib chiqqan.

Dinara 1989-yilda Rossiya teatr sanʼati institutini tamomlagan. 1998-yilda esa KIMEP universitetidan MBA darajasini olgan. 2007-yilda „Xalqaro maktablar taʼlim tizimini boshqarishning metodologik asoslari“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

2009-yildan boshlab u Nursulton Nazarboyev nomidagi Milliy taʼlim jamgʻarmasiga rahbarlik qiladi.

Shaxsiy hayoti U 1990-yilda Timur Qulibayevga turmushga chiqqan. Er-xotinning toʻrt nafar farzandi bor. Dinaraning turmush oʻrtogʻi Qozogʻistonning eng taniqli tadbirkorlaridan biri boʻlib, mamlakatdagi uchinchi eng boy va dunyodagi 973-eng boy inson sifatida qayd etilgan.

Mukofotlari va unvonlari "Baris" ordeni, III daraja (Qozogʻiston) Parasat ordeni (Qozogʻiston) Akademik palma ordenining kavaler darajasi (Fransiya) Qozogʻiston respublikasi milliy fanlar akademiyasi akademigi (2017)

Manbalar

Turkum:Qozog‘istonlik milliarderlar