Kanada erkaklar milliy futbol terma jamoasi () — erkaklar oʻrtasidagi xalqaro futbolda Kanada nomidan ishtirok etadi. Jamoa faoliyati 1912-yilda tashkil etilgan Kanadadagi futbol boʻyicha boshqaruv organi — Kanada futbol assotsiatsiyasi () tomonidan nazorat qilinadi. Assotsiatsiyasi 1912-yildan beri FIFAga, 1961-yildan esa KONKAKAFga asoschi aʼzo sifatida kirgan. Mintaqaviy darajada jamoa Shimoliy Amerika zonasidagi NAFUning aʼzosi hisoblanadi.
Kanada FIFA Jahon chempionatiga uch marta (1986, 2022 va 2026-yillarda) yoʻllanma olgan. 2026-yilda Kanada ilk bor Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Shuningdek, jamoa bir marta (2001-yilda) FIFA Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan.
Kanada KONKAKAFning asosiy qitʼa musobaqasida yigirma marta ishtirok etgan boʻlib, 1985-yilda KONKAKAF chempionligini va uning vorisi boʻlgan 2000-yilgi KONKAKAF oltin kubogini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, 2023-yilgi KONKAKAF Millatlar ligasi finalida ikkinchi oʻrinni egallagan. Jamoa bir marta Amerika Kubogida qatnashib, 2024-yilda toʻrtinchi oʻrinni olgan.
Mintaqaviy miqyosda esa 1990-yilda mezbon sifatida Shimoliy Amerika Millatlar Kubogida gʻolib chiqqan.
Stadionlar
BMO Field Kanadadagi eng yirik tabiiy chimli stadion hisoblanadi va undan keyingi oʻrinda Monrealdagi Saputo stadioni turadi. Kanada terma jamoasi 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlarini Vankuverdagi BC Place stadionida oʻtkazgan. 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi davomida esa Kanada Torontodagi BMO Field, Edmontondagi Hamdoʻstlik stadioni va Hamiltondagi Tim Hortons Field maydonlaridan foydalangan. COVID-19 pandemiyasi sababli joriy etilgan sayohat cheklovlari tufayli Kanada 2022-yilgi Jahon chempionati saralashining birinchi va ikkinchi bosqichlaridagi uy uchrashuvlarini Qoʻshma Shtatlar stadionlarida oʻtkazishga majbur boʻldi.
Individual rekordlar
. Qalin harflar bilan belgilangan oʻyinchilar hali ham terma jamoada faol.
Eng koʻp oʻyin oʻtkazganlar
№FutbolchiOʻyinlarGollarFaoliyat davri1Atiba Hutchinson10492003–20232Cyle Larin93322014–hozirgacha3Jonathan Osorio91102013–hozirgacha4Julián de Guzmán8945Paul Stalteri8471997–20106Randy Samuel8201983–19977Dwayne De Rosario81221998–20158Milan Borjan8002011–2023Jonathan David80422018–hozirgacha10Mark Watson7831991–2004Richie Laryea7812019–hozirgacha
Eng koʻp gol urganlar
№FutbolchiGollarOʻyinlarOʻrtachaFaoliyat davri1Jonathan David (roʻyxat)42802018–hozirgacha2Cyle Larin (roʻyxat)32932014–hozirgacha3Dwayne De Rosario (roʻyxat)22814Lucas Cavallini19402012–2023John Catliff19431984–1994Dale Mitchell19551980–19937 Tosaint Ricketts17612011–2020Junior Hoilett17692015–hozirgacha9Alex Bunbury16661986–199710Ali Gerba15302005–2011Alphonso Davies15582017–hozirgacha
Manbalar
Havolalar
Kanada milliy futbol terma jamoasi FIFA saytida Kanada milliy futbol terma jamoasi Eng koʻp oʻyin oʻtkazgan va eng koʻp gol urgan futbolchilarning RSSSF arxivi Kanada milliy futbol terma jamoasi 1999-yilgacha boʻlgan xalqaro natijalar
Turkum:Kanada milliy futbol terma jamoasi Turkum:Shimoliy Amerika milliy futbol terma jamoalari