Bob Antakiya ( — Antakiya darvozasi) Halabdagi muhim mudofaa darvozasi boʼlib, shaharni gʻarb tomondan himoya qilgan. Darvoza Halab eski shahrining gʻarbiy devori markazida joylashgan boʻlib, nomi qadimgi Suriya poytaxti Antioxiya nomidan kelib chiqqan, chunki bu darvoza Antakiya shahriga olib boruvchi asosiy chiqish yoʻli boʻlgan.
Tarixi Darvoza Vizantiya hukmronligi davrida shaharning asosiy bobi hisoblangan. Islom va arablar hukmronligi davrida asta-sekin oʻz ahamiyatini yoʻqotgan. Keyinchalik Halab amiri, Ayyubiylar sulolasidan boʼlgan an-Nosir Yusuf () tomonidan XI asrga oid poydevor ustida qayta qurilgan. XV asrda Mamluklar davrida ham darvoza qayta bunyod etilgan va shu davrda qadimgi shaharning asosiy koʻrinarli joyi sifatida oʻzining muhim rolini qayta tiklagan.
Suriya fuqarolar urushi davridagi Halab jangi chogʻida darvoza eski qal’ani egallashga uringan isyonchi kuchlar uchun muhim nishonga aylangan.
Qurilishi Darvoza ustida bir-biriga parallel koʻtarilgan ikkita olti burchakli istehkom minorasi joylashgan. Kirish yoʻli mudofaa maqsadlarida ataylab egri-bugri qilib ishlangan boʻlib, kirish qismi oʻng tomondagi istehkom minorasi ostida joylashgan. Darvoza katta oʻlchamli (0,8 m x 1,0 m) oq toshlardan qurilgan. Halabning qadimgi bozori (Souq al-Madina) asosiy oʻqi aynan shu Antakiya darvozasidan boshlanadi.
Manbalar
Turkum:Ziyorat Antakiya