Ruslan Rinatovich Ahmedxanov (1974-yil 16-sentyabrda tugʻilgan) — sovet va oʻzbek futbolchisi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasida darvozabon pozitsiyasida oʻynagan.
Biografiya 1960-yillarda Oʻzbekiston SSR nomidan SSSR ikkinchi ligasi klublarida oʻynagan darvozabon Renat Ahmedxanovning oʻgʻli.
Kattalar darajasidagi faoliyatini SSSR chempionatining soʻnggi mavsumida ikkinchi quyi liga jamoasi — Toshkentning „Umid“ klubida boshlagan. 1992-yildan boshlab Oʻzbekiston oliy ligasi klublarida toʻp surgan. 1992-yilgi mavsum davomida Toshkentning „Paxtakor-79“ va „Paxtakor“ jamoalarida oʻynagan, soʻnggi jamoa bilan chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan, biroq mavsumda bor-yoʻgʻi 2 ta oʻyinda maydonga tushgan. Keyingi mavsumda „Politotdel“ga oʻtgan. 1997-yilda chempionlikka erishgan Toshkentning MHSK klubi safida 6 ta oʻyin oʻtkazgan boʻlsa, keyingi yili chempionatning bronza medali sohibi boʻlgan Namanganning „Navbahor“ jamoasi safida ham 6 ta oʻyinda ishtirok etgan. 1999-yilda „Paxtakor“ga qaytib, u yerda ikki yil faoliyat olib borgan. Keyinchalik turnir jadvalining oʻrta va quyi pogʻonalarida joylashgan „Metallurg“ (Bekobod), „Doʻstlik“, „Soʻgʻdiyona“, „Toʻpalang“, „Lokomotiv“ (Toshkent) kabi klublarda oʻynagan. 2004-yilda „Toʻpalang“ bilan birinchi liganing kumush medali sohibi boʻlgan.
Oʻzbekiston oliy ligasida jami 204 ta oʻyinda maydonga tushgan.
1992-yil 23-avgustda Oʻzbekiston terma jamoasi safida Markaziy Osiyo kubogi doirasida Qirgʻizistonga qarshi kechgan oʻyinda debyut qilib, 75-daqiqada Berdaq Allaniyazov oʻrniga maydonga tushganUzbekistan — Kirgiziya — 3:0. 1992-yilda milliy terma jamoa safida jami ikkita oʻyin oʻtkazgan. Ikkala uchrashuvda ham ikkinchi boʻlimda maydonga tushib, gol oʻtkazib yubormagan.
Oʻzbekistonning „Lokomotiv“ (Toshkent), „Surxon“ (Termiz), „Neftchi“ (Fargʻona), „Soʻgʻdiyona“ (Jizzax) klublarida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, 2022-yilning avgust oyidan dekabr oyiga qadar Tojikistonning „Istiqlol“ jamoasida darvozabonlar murabbiyi boʻlib ishlaganV „Istiklole“ noviy trener vratareyBivshiy trener „Istiklola“ otpravilsya rabotat v „Sogdianu“.
Manbalar
Havolalar Ruslan Axmedxanov Footballfakts saytida Ruslan Axmedxanov Transfermarkt saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:MHSK klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Toʻpalang klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari