Kakapo () — Toʻtisimonlar turkumining Yangi Zelandiya toʻtilari oilasiga kiruvchi uchmaydigan qush turi. Yangi Zelandiyaning Janubiy orolida Fiordland milliy bogʻida tarqalgan endemik tur. Totisimonlarning yagona uchmaydigan va eng og‘ir turi.
Sistematikasi va taksonomiyasi Kakapo 1845-yilda ingliz ornitologi George Robert Gray tomonidan ilmiy tavsiflangan. U qushni yangi urugʻa ajratib, unga Strigops habroptilus ilmiy nomini bergan. Strigops urugʻi nomi qadimgi yunoncha strix («boyqush») va ops («yuz») soʻzlaridan yasalgan. Tur nomi habroptilus esa habros («yumshoq») va ptilon («pat») soʻzlaridan hosil boʻlgan. Soʻnggi filogenetik tadqiqotlar ushbu urugʻning oʻziga xosligini tasdiqladi hamda bu tur kea (Nestor notabilis) va kaka (Nestor meridionalis) bilan yaqin qardosh ekanligini koʻrsatdi.de Kloet, R.S.; de Kloet, S.R. (2005). The evolution of the spindlin gene in birds: sequence analysis of an intron of the spindlin W and Z gene reveals four major divisions of the Psittaciformes. Molecular Phylogenetics and Evolution 36: 706—721. Hozirda ularning barchasi toʻtisimonlar turkumidagi alohida Yangi Zelandiya toʻtilari (Strigopidae) oilasiga ajratildi, kakapo esa, qadimda qirilib ketgan Strigops insulaborealis bilan birgalikda, boyoʻglisimon toʻti (Strigops) urugʻiga ajratildi.
Turkum:Qushlar Manbalar