Slaven Bilić (talaffuzi: Slaven Bilich; 1968-yil 11-sentyabrda tugʻilgan) – xorvatiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.

Himoyachi pozitsiyasida oʻynagan Bilić futbolchilik faoliyatini 1988-yilda oʻz tugʻilgan shahridagi „Hajduk Split“ jamoasida boshlagan. Keyinchalik u Germaniyaning „Karlsruher SC“ hamda Angliyaning „West Ham United“ va „Everton“ klublarida muvaffaqiyatli oʻynab, 2001-yilda faol futboldan ketgan. Xalqaro maydonda Bilić murabbiy Miroslav Blažević davrida Xorvatiyaning eng ishonchli himoyachilaridan biriga aylangan va 1992-yildan 1999-yilgacha milliy terma jamoada 44 ta oʻyin oʻtkazgan.

Bilić 2001-yilda „Hajduk Split“da futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng, 2001-02-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida shu jamoaga murabbiylik qilgan. 2004-2006-yillarda u Xorvatiyaning 21 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasini boshqargan, keyinchalik esa kattalar milliy terma jamoasiga ham bosh murabbiylik qilgan. Slaven Xorvatiya terma jamoasini 2008-yilgi Yevropa chempionatining chorak finaligacha olib chiqqan va toʻrt yil oʻtgach, keyingi chempionatdan soʻng lavozimini tark etgan. Bilić milliy terma jamoadagi uzoq yillik xizmatlari uchun maqtovga sazovor boʻlgan hamda 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoadan bir qator isteʼdodli yosh futbolchilarni kattalar jamoasiga muvaffaqiyatli jalb etgani uchun eʼtirof etilgan. Keyinchalik u quyidagi jamoalarni boshqargan: 2012—2013-yillarda Moskvaning „Lokomotiv“ klubi, 2013—2015-yillarda „Beshiktosh“, 2015—2017-yillarda „Vest Xem Yunayted“, 2018—2019-yillarda „Al-Ittihod“, 2019—2020-yillarda „Vest Bromvich Albion“, 2021—2022-yillarda „Beijing Guoan“, 2022—2023-yillarda „Uotford“ va 2023—2024-yillarda „Al Fateh“.

Manbalar

Havolalar

Slaven Bilić ToffeeWeb.com saytida

Turkum:1968-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Yugoslaviyalik erkak futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:NK Primorac 1929 futbolchilari Turkum:HNK Šibenik futbolchilari Turkum:HNK Hajduk Split futbolchilari Turkum:Karlsruher SC futbolchilari Turkum:Everton F.C. futbolchilari Turkum:West Ham United F.C. futbolchilari Turkum:Xorvatiya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 1996 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1998 oʻyinchilari Turkum:Xorvatiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik futbol murabbiylar Turkum:Xorvatiya milliy futbol terma jamoasining bosh murabbiylari Turkum:FC Lokomotiv Moskva murabbiylari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi murabbiylari