Neo-nuar — 1970-yillarda, Yangi Gollivud davrida shakllangan kino janri boʻlib, asosan klassik nuar film usullarining oʻzgacha talqin qilinishi va vizual uslubi bilan bogʻliq hamda 1940- va 1950-yillardagi Amerika nuari mavzularini zamonaviy auditoriya uchun moslashtiradi. Koʻpincha yorqin ranglar va yuqori kontrastli tasvirlar, zoʻravonlik yoki shahvoniylikning yanada ochiq-oydin tasvirlanishi, tematik motivlar hamda chiziqli boʻlmagan hikoya qilish yoki montajdan foydalaniladiOxford Academic. Film Noir and the Cinema of Paranoia. .

1970-yillar va 1980-yillarning oʻrtalarida „neo-nuar“ atamasi Roman Polanskining „Chinatown“ (1974), Martin Scorsesening „Taxi Driver“ (1976), Sydney Pollakning „Absence of Malice“ (1981), Ridley Scottning „Blade Runner“ (1982), Paul Verhoevenning „The Fourth Man“ (1983-yil) va David Lynchning „Blue Velvet“ (1986) kabi filmlar tufayli ommaviylik choʻqqisiga chiqdi. Fransuzcha „film noir“ atamasi ingliz tiliga soʻzma-soʻz „black film“ („qora film“) deb tarjima qilinadi, bu koʻpincha soyali kinematografik uslubda taqdim etiladigan mash’um hikoyalarni anglatadi. Neo-nuar shunga oʻxshash uslubga ega, biroq unda mavzular, mazmun, uslub va vizual elementlar yangilangan.

Taʼrifi Neo-nuar neologizmi, „yangi“ soʻzi uchun yunoncha old qoʻshimchadan foydalangan holda, Mark Konard tomonidan „klassik nuar davridan keyin paydo boʻlgan, nuar mavzulari va nuar hissiyotini oʻz ichiga olgan har qanday film“ deb taʼriflanadi. Boshqa bir taʼrif uni koʻpincha turli janrlarni sintez qiladigan, shu bilan birga nuar filmining asosiy tuzilmasini oldingi planga chiqaradigan keyingi nuar deb tavsiflaydi.

Tarixi

„Nuar“ atamasi 1946-yilda tanqidchi Nino Frank tomonidan muomalaga kiritilgan va 1955-yilda fransuz tanqidchilari Raymond Borde hamda Etienne Chaumeton tomonidan ommalashtirilgan. Bu atama 1980-yillardan boshlab, uslubning qayta tiklanishi bilan birga yana keng isteʼmolga qaytdi.

Klassik film nuar davri odatda 1940-yillarning boshidan 1950-yillarning oxirigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Filmlar koʻpincha Amerika kriminal romanlarining ekranizatsiyasi boʻlib, ular „hardboiled“ deb ham taʼriflangan. Baʼzi mualliflar bu atamalarga qarshilik koʻrsatishgan. Masalan, „The Postman Always Rings Twice“ (1934) va „Double Indemnity“ (1943) asarlari muallifi James M. Cain shafqatsiz detektiv adabiyotining asosiy vakillaridan biri hisoblanadi. Har ikkala roman kriminal film sifatida ekranlashtirilgan, birinchisi bir necha bor. Caindan shunday iqtibos keltiriladi: „Men hech qanday maktabga, shafqatsiz detektiv yoki boshqasiga mansub emasman va ishonamanki, bu deb ataladigan maktablar asosan tanqidchilarning xayolotida mavjud boʻlib, haqiqatda boshqa hech qayerda ularga monand narsa yoʻq“.

Manbalar

Havolalar

. .

Turkum:Neo-nuar Turkum:Nuar Turkum:Kino janrlari