Paragvay milliy futbol terma jamoasi — La Albirroja laqabli, erkaklar oʻrtasidagi xalqaro futbol musobaqalarida Paragvay sharafini himoya qiladi. Terma jamoa Asociación Paraguaya de Fútbol () tomonidan nazorat qilinadi. Paragvay CONMEBOL aʼzosi hisoblanadi. Albirroja jamoasi toʻqqizta FIFA Jahon chempionati musobaqalarida (1930, 1950, 1958, 1986, 1998, 2002, 2006, 2010, 2026) ishtirok etgan, eng yaxshi natijasi 2010-yilda chorak finalga chiqqanida qayd etilgan. Copa América musobaqasining doimiy ishtirokchisi boʻlgan Paragvay ikki marta (1953 va 1979-yillarda) musobaqa chempioni boʻlgan. Paragvayning FIFAning erkaklar jahon reytingida eng yuqori 2001-yil mart oyida 8-oʻrinni, eng pasti esa 1995-yil may oyida 103-oʻrinni egallagan. Paragvay 1996-yilda FIFAning jahon reytingida koʻtarilgani uchun „Yilning eng yaxshi harakati“ nominatsiyasida ikkinchi oʻrinni egallagan.

Milliy terma jamoaning eng muvaffaqiyatli davri argentinalik Gerardo Martino murabbiyligida boʻlgan. Martino 2007-yilda Janubiy Amerikaning „Yilning eng yaxshi murabbiyi“ unvoniga sazovor boʻlgan va Paragvayni tarixda birinchi marta (2010-yilda) FIFA Jahon chempionati musobaqasining chorak final bosqichiga olib chiqqan. Terma jamoa 2011-yilgi Amerika Kubogi finaliga qadar yetib borgan, unda Paragvay ikkinchi oʻrinni egallagan. Paragvayning FIFA Jahon chempionatidagi butun tarixida faqat Carlos Gamarra va José Luis Chilavert 1998-yilgi musobaqadagi oʻyinlari uchun „Yulduzlar jamoasi“ tarkibiga kiritilgan. Paulo da Silva milliy terma jamoa safida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan va 148 ta oʻyinda maydonga tushgan. Roque Santa Cruz esa 32 ta gol urgan holda tarixdagi eng koʻp gol urgan futbolchi hisoblanadi. 1996-yildan 2010-yilgacha milliy terma jamoa safida boʻlgan Denis Caniza ketma-ket toʻrtta FIFA Jahon chempionati musobaqalarida (1998, 2002, 2006, 2010) Paragvay sharafini himoya qilgan yagona futbolchidir.

Futbolchilar rekordlari . Qalin harflar bilan yozilgan oʻyinchilar hali ham xalqaro miqyosda faol.

Eng koʻp oʻyinda ishtirok etganlar

RankFutbolchiOʻyinlarGollarFaoliyat davri 1 Paulo da Silva 148 3 2 Justo Villar 120 0 1999–2018 3 Roque Santa Cruz 112 32 1999–2016 4 Carlos Gamarra 110 12 1993–2006 5 Cristian Riveros 101 16 2005–2018 6 Roberto Acuña 100 5 1993–2011 Denis Caniza 100 1 1996–2010 8 Gustavo Gómez 94 4 2013–hozirgacha 9 Celso Ayala 85 6 1993–2003 10 José Saturnino Cardozo 82 25 1991–2006

Eng koʻp gol urganlar

№FutbolchiGollarOʻyinlarOʻrtachaFaoliyat davri 1 Roque Santa Cruz 32 112 2 José Saturnino Cardozo 25 82 1991–2006 3 Cristian Riveros 16 101 2005–20184 Saturnino Arrúa 13 26 1969–1980 Julio César Romero 13 32 1979–1986 Nelson Haedo Valdez 13 77 2004–20177 Óscar Cardozo 12 58 2006–2023 Carlos Gamarra 12 110 1993–20069 Roberto Cabañas 11 28 1981–1993 Miguel Ángel Benítez 11 29 1996–1999

Manbalar

Havolalar

Paragvay FIFA profili RSSSF natijalar arxivi 1919-2004 Planet World Cup: Jahon chempionati natijalari arxivi Planet World Cup: jahon chempionatidagi tarkiblar arxivi Planet World Cup: jahon chempionati saralashi natijalari arxivi Paragvay futboli sayti

Turkum:Paragvay milliy futbol terma jamoasi Turkum:Janubiy Amerika milliy futbol terma jamoalari