Mehmet Günsür (1975-yil 8-mayda tugʻilgan) — turkiyalik model, aktyor va prodyuser.
Yoshligi Günsür 1975-yilda kelib chiqishi tatar (turkiy etnik kichik guruh) boʻlgan oilada tugʻilgan'Ben yarım Tatarım, Mehmet tam Tatar'. Uning onasi Sibel maʼruzachi, otasi Teoman esa Yaqin Sharq texnika universitetini tamomlagan va bir qator sohalarda sanoat muhandisi boʻlib faoliyat yuritgan. Uning opasi Zeynep Günsür Yüceil Kadir Has universiteti dotsentidir.
Faoliyati U aktyorlik faoliyatini yetti yoshida turli reklama roliklarida suratga tushishdan boshlagan. 14 yoshida esa Okan Uysalerning „Geçmiş Bahar Mimozaları“ serialida Rutkay Aziz, Filiz Akın va Müşfik Kenter kabi aktyorlar bilan birga rol ijro etgan. Italiya oʻrta maktabini tamomlagach, Marmara universitetining kommunikatsiyalar fakultetiga oʻqishga kirgan va uni imtiyozli diplom bilan tugatgan. Günsür bir musiqa guruhi bilan konsertlar bergan va toʻrt yil davomida restoran yuritgan. Doʻstining yordami bilan „Hamam“ filmidagi rol uchun sinovda qatnashgan. Sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgach, rolga tasdiqlangan; filmga Ferzan Özpetek rejissyorlik qilgan. Shu filmdan soʻng u aktyorlikka jiddiy eʼtibor qaratishga qaror qilgan.
Günsür 2004-yilda tanishgan italiyalik hujjatli filmlar rejissyori Caterina Mongioga 2006-yil 17-iyulda uylandi. Ularning uch nafar farzandi bor.
Filmografiyasi Film Yil Nomi Rol Izoh 1997 Hamam Mehmet 1999 Hayal Kurma Oyunları Futbolcu 2001 Tommaso Giovanni TV movie Giuda Giovanni TV movie 2002 İtalyan Giorgio 2003 Il papa buono Don Paolo TV movie O Şimdi Asker Nihat Denizer 2004 Hayal Kurma Oyunları Futbolcu 2005 Anlat İstanbul Rıfkı 2007 Fall Down Dead Stefan Kerchek 2008 Se chiudi gli occhi 2010 Ses Onur Matrimoni e altri disastri Andrea 2011 Aşk Tesadüfleri Sever Özgür Turgut2014Unutursam Fısılda Tarık Ertuğrul2017İstanbul KırmızısıYusuf2017 Martıların EfendisiŞenol2020 FigliTipo Sempatico Web Series Yil Nomi Rol Izoh 2017–2018 Fi Deniz Sarızeybek 2018 Kanaga Mardin Tamay 2019–2021 Atiye Erhan 2022 Devils Araba Sheikh Tv seriallar Yil Nomi Rol Izoh 1989 Geçmiş Bahar Mimozaları Sabih 1989 Cahide 1999 Sır Dosyası Ayhan İnce 2001 Don Matteo 2002 Le ragioni del cuore 2003 Pilli Bebek Tarık 2004 Kasırga İnsanları Sinan 2005–2006 Beyaz Gelincik Mustafa Aslanbaş 2007–2008 Bıçak Sırtı Mehmet Ertuğrul 2011 Saigon, l'été de nos 20 ans Spaghetti 2012–2014 Muhtasham yuz yil Shahzoda Mustafo2021 La Compagnia del Cigno Teoman Kaya2022 Lea — Un nuovo giorno Arturo Minerva Qisqa film Yil Nomi Rol Izoh 2003 Stregeria 2004 Non ci sarebbe niente da fare! 2011 Master Plan Mr. M
Manbalar
Havolalar
Official Twitter page
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turk erkak modellari Turkum:Turk erkak kino aktyorlari