Otabek Pirmatov (; 1976-yil 17-sentyabrda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi. U faoliyati davomida asosan tayanch yarim himoyachisi pozitsiyasida oʻynagan. Pirmatov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 1997–2000-yillar oraligʻida 11 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol muallifi boʻlgan.

Karyerasi Otabek Pirmatov professional futbolchilik faoliyatini 1990-yillarning boshlarida boshlagan. Dastlab u „Baxt Toʻraqoʻrgʻon“ hamda „Chilonzor FK“ safida toʻp surgan. Keyinchalik 1996-yilda „Doʻstlik“ klubiga oʻtib, Oʻzbekiston oliy divizionida muntazam oʻyin amaliyotiga ega boʻlgan.

U yerdagi ikki mavsumlik faoliyatidan soʻng 1998-yilda „Paxtakor“ klubiga koʻchib oʻtgan. Ushbu mavsumda jamoa bilan Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritgan. Keyingi yillarda u „Andijon“, „Navbahor“, „Shoʻrtan“, „Dinamo Samarqand“ va „Metallurg Bekobod“ klublarida ham faoliyat olib borgan. Faoliyatining soʻnggi mavsumlarini yana „Navbahor“ tarkibida oʻtkazib, 2010-yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Terma jamoadagi karyerasi Pirmatov Oʻzbekiston terma jamoasi safidagi debyut uchrashuvini 1997-yil 27-sentyabrda 1998-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi bahsda oʻtkazgan. U terma jamoa safida jami 11 ta uchrashuv oʻtkazib, 1 ta gol muallifi boʻlgan. Yagona golini esa 1999-yil 20-noyabr sanasida kechgan Bangladeshga qarshi oʻyinda kiritgan.

Yutuqlari Paxtakor Oliy liga gʻolibi: 1998

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Chilonzor klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari