Unai Simón Mendibil (1997-yil 11-iyunda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, La Liga klubi „Athletic Bilbao“ va Ispaniya milliy terma jamoasida darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi.
Simón klublar tizimidagi faoliyatini katta qismi „Athletic“ jamoasida oʻtkazgan boʻlib, klubning yoshlar akademiyasi, farm jamoasi va zaxira tarkiblarida shakllangan. Unai 2018-yilda asosiy jamoa tarkibida debyut qilgan va 2025-yilga kelib 200 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Simón Ispaniya milliy terma jamoasi tarkibidagi debyut oʻyinini 2020-yilda oʻtkazib, UEFA Yevro 2020, FIFA Jahon chempionati 2022, UEFA Yevro 2024 va FIFA Jahon chempionati 2026 musobaqalarida ishtirok etgan. 2024-yilgi Yevropa chempionatida Ispaniya gʻoliblikni qoʻlga kiritgan turnirning bitta oʻyindan tashqari barcha oʻyinlarida ishtirok etgan. 2026-yilgi Jahon chempionatida esa sakkizta oʻyinda atigi bitta gol (Belgiya terma jamoasiga qarshi) oʻtkazib yuborib, musobaqaning mutlaq rekordini oʻrnatgan. Shuningdek, uning mamlakati oʻz tarixida ikkinchi marta chempion boʻlgan ushbu mundialda u „Oltin qoʻlqop“ sovrinini qoʻlga kiritgan.
Yutuqlar
Athletic Bilbao
Qirol kubogi: 2023–24 Ispaniya Superkubogi: 2021
Ispaniya U19
19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2015
Ispaniya U21
21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2019
Ispaniya U23
Yozgi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali: 2020
Ispaniya
FIFA Jahon chempionati: 2026 UEFA Yevropa chempionati: 2024 UEFA Millatlar ligasi: 2022-23
Shaxsiy
UEFA La Ligada yilning eng yaxshi jamoasi: 2019-20 La Liganing mavsumdagi eng yaxshi jamoasi: 2023-24 La Liga Zamora kubogi: 2023-24 IFFHS erkaklar UEFA jamoasi: 2024 FIFA Jahon chempionati Oltin qoʻlqopi: 2026
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:CD Basconia futbolchilari Turkum:CD Aurrerá de Vitoria futbolchilari Turkum:Athletic Bilbao B futbolchilari Turkum:Athletic Bilbao futbolchilari Turkum:Elche CF futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari