Borja Iglesias Quintas (1993-yil 17-yanvarda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, La Liganing „Celta“ klubi va Ispaniya milliy terma jamoasida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi.

Dastlab „Celta“ klubida asosan zaxira tarkibida oʻynab, futbolchi sifatida shakllangan. Keyinchalik ushbu klub, shuningdek, „Espanyol“ va „Betis“ jamoalari safida La Ligada jami 250 dan ortiq oʻyin oʻtkazib, 80 ta gol urgan. „Betis“ jamoasi bilan 2021–22-yilgi mavsumda Ispaniya Kubogini qoʻlga kiritgan.

Iglesias Ispaniya terma jamoasidagi debyut oʻyinini 2022-yilda oʻtkazgan. U 2026-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun tarkibga kiritilib, ushbu turnirda gʻolib chiqqan.

Xalqaro faoliyati 2022-yilning sentyabr oyida Iglesias va Nico Williams Shveysariya hamda Portugaliyaga qarshi UEFA Millatlar ligasi oʻyinlari oldidan ilk bor Ispaniya milliy terma jamoasiga chaqiruv olgan. Borja debyutini Saragosada Shveysariya terma jamoasiga qarshi kechgan va 1:2 hisobidagi magʻlubiyat bilan yakunlangan oʻyinda oʻtkazgan. Mavsum davomida 20 ta gol urib, mamlakatning eng yaxshi toʻpurari boʻlganiga qaramay, u 2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati uchun tarkibga kiritilmagan va 1994-yildan buyon bunday holatga duch kelgan birinchi ispaniyalik futbolchiga aylangan.

2023-yil avgust oyida Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi prezidenti Luis Rubiales ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati taqdirlash marosimida ispaniyalik yarim himoyachi Jennifer Hermosoni uning roziligisiz oʻpganiga javoban, Iglesias Rubiales isteʼfoga chiqmagunicha Ispaniya terma jamoasi safida oʻynashdan bosh tortishini eʼlon qilgan. Borja 2025-yil oktyabr oyida terma jamoa safiga qaytgan va Luis de la Fuente tomonidan 2026-yilgi jahon chempionati final bosqichiga chaqirilgan. 33 yoshli futbolchi ushbu musobaqadagi debyutini 6-iyul kuni oʻtkazib, 1/8 finalda Portugaliya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinning qoʻshib berilgan vaqtida Mikel Oyarzabal oʻrniga maydonga tushgan.

Yutuqlar Betis

Ispaniya Kubogi gʻolibi: 2021–22 Bayer Leverkusen

Bundesliga gʻolibi: 2023–24 Germaniya Kubogi: 2023–24 Ispaniya

FIFA Jahon chempionati gʻolibi: 2026 Shaxsiy

La Liganing oy futbolchisi: 2022-yil avgust

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar