Yevgeniy Yevgenyevich Kozlov (; 1995-yil 4-fevralda tugʻilgan) — rossiyalik professional futbolchi, „Abdish-Ata“ klubi yarim himoyachisi.

Faoliyati Sergiyev Posad shahridagi Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi (BOʻSM) tarbiyalanuvchisi. Birinchi murabbiyi — Romanov Andrey Vitalyevich.

Ilk professional klubi — Podolskning „Vityaz“ jamoasi boʻlib, ushbu jamoa safida 2012—2013-yillarda ikkinchi divizionda 30 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urgan. 2013-yilning birinchi yarmida Qozonning „Rubin“ klubida ijara asosida oʻynagan va yoshlar jamoasi tarkibida 5 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

2014-yilda Nijniy Novgorodning „Volga“ klubiga oʻtgan. 15-may kuni chempionatning soʻnggi turida „Ural“ klubiga qarshi kechgan uy uchrashuvida ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushib, asosiy tarkibdagi yagona oʻyinini oʻtkazgan.

Sentyabr oyida Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubiga oʻtgan. Zenit klubining yoshlar jamoasi safida 5 ta, PFL chempionatida „Zenit-2“ tarkibida 13 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2015-yil iyul oyida „Dinamo“ (SPb) klubi safiga qoʻshilgan. 2016-yil fevralida „Laxti“ jamoasi tarkibida Finlandiya Liga Kubogida 2 ta uchrashuv oʻtkazgan.

2016-yili Latviyaning „Spartak“ (Yurmala) klubiga oʻtgan va bu jamoa bilan ikki marta — 2016 va 2017-yillarda Latviya chempioni boʻlgan. 2017-yilda chempionatning eng yaxshi futbolchisi, eng yaxshi yarim himoyachisi deb topilgan va 10 ta gol urib, eng yaxshi toʻpurar unvonini boʻlishib olgan (raqib jamoaning chetlatilgani sababli yana 2 ta goli hisobga olinmagan). Yevrokubok turnirlarida 4 ta oʻyin oʻtkazgan.

2018-yili Belarusning „Shaxtyor“ (Soligorsk) klubi safiga qoʻshilgan. Birinchi mavsumda 6 ta oʻyinda maydonga tushgan, 2019-yilda esa asosan oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan.

2020-yildan Latviyaning „Ventspils“ jamoasi sharafini himoya qilgan.

2024-yil 16-yanvar kuni Hindiston Superligasi ishtirokchisi „Mohammedan Sporting“ klubi Kozlov bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgann.

Shaxsiy hayoti Ukasi Aleksey (1999-yilda tugʻilgan) ham futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi.

Yutuqlari

Spartaks Jūrmala

Latviya chempioni (3): 2016, 2017, 2020. Latviya kubogi finalchisi: 2016

Mohammedan

I-liga: 2023–24

Shaxsiy

Latviya Oliy ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2017-yil

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FK Vityaz Podolsk futbolchilari Turkum:FC Rubin Qozon futbolchilari Turkum:FC Volga Nizhny Novgorod futbolchilari Turkum:FC Zenit Saint Petersburg futbolchilari Turkum:FC Zenit-2 Sankt-Peterburg futbolchilari Turkum:FC Dinamo Sankt-Peterburg futbolchilari Turkum:FK Spartaks Jūrmala futbolchilari Turkum:FC Shakhtyor Soligorsk futbolchilari Turkum:FK Ventspils futbolchilari Turkum:FC Akzhayik futbolchilari Turkum:FC Kiziljar futbolchilari Turkum:FC Atirau futbolchilari Turkum:Mohammedan FC futbolchilari Turkum:Shaxtyor Qaragʻandi klubi futbolchilari Turkum:FC Abdysh-Ata Kant futbolchilari Turkum:FC Aral Nukus futbolchilari Turkum:FC Bishkek Siti futbolchilari Turkum:I-liga futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Ikkinchi ligasi futbolchilari Turkum:Latviya Oliy ligasi futbolchilari Turkum:Belarus Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qirgʻiziston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Rossiyalik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Latviyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Hindistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qirgʻizistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar