Oskar Schindler (; 1908-yil 28-aprel – 1974-yil 9-oktyabr) nemis sanoatchisi, gumanitar va fashistlar partiyasining aʼzosi. Holokost paytida 1200 yahudiyning hayotini saqlab qolgan, ularni bosib olingan Polsha, Bogemiya va Moraviyaning Protektoratidagi emal idishlar va oʻq-dorilar ishlab chiqaradigan zavodlarida ishlatgan. Oskar Schindler 1982-yilgi Schindler's Ark (Schindler kemasi) romani va uning 1993-yilgi moslashtirilgan Schindler roʻyxati kinosining asosiy qahramon boʻlib, u yahudiy xodimlarining hayotini saqlab qolishda gʻayrioddiy tashabbus, qatʼiyat, jasorat va fidoyilik koʻrsatish, shuningdek foyda qilish uchun kelgan opportunist sifatida tasvirlanadi.
Schindler Moraviyaning Svitavy shahrida oʻsgan va 1936-yilda fashistlar Germaniyasining harbiy razvedka xizmati Abverga qoʻshilgunga qadar bir nechta ishlarda faoliyat olib borgan. U 1939-yilda fashistlar partiyasiga qoʻshilgan. 1938-yilda nemislar tomonidan Chexoslovakiyani bosib olish boshlanishidan oldin Germaniya hukumati uchun temir yoʻllar va qoʻshinlar harakati haqida maʼlumot toʻplagan. Oskar Chexoslovakiya hukumati tomonidan josuslikda ayblanib hibsga olingan, ammo oʻsha yili Myunxen kelishuvi shartlariga koʻra ozod qilingan. U natsistlar uchun maʼlumot toʻplashni davom ettirgan, 1939-yilda Polshada Ikkinchi Jahon urushi boshlanishidan oldin shu yerga kelib ish boshlaydi. 1939-yilda Oskar Polshaning Krakov shahridagi emal ishlab chiqaruvchi zavodni sotib oladi, zavod 1944-yilda oʻz rivojining eng yuqori choʻqqisiga chiqqan vaqtda 1750 ga yaqin ishchini ish bilan taʼminlagan edi, ishchilardan 1000 nafarini yahudiylar tashkil etgan. Oskarning Abver aloqalari unga yahudiy ishchilarini fashistlar konslagerlarida deportatsiya qilinish va oʻlimdan himoya qilishiga yordam bergan. Vaqt oʻtishi bilan u oʻz ishchilarining xavfsizligini taʼminlash uchun natsist amaldorlarga kattaroq miqdorda pora va faqat qora bozordangina sotib olinadigan qimmatbaho va noyob narsalarni sovgʻa qilishga majbur boʻladi.
1944-yil iyuliga kelib Germaniya urushda magʻlub boʻladi; SS eng sharqiy konslagerlarni yopishni va qolgan mahbuslarni gʻarbga surgun qilishni boshlaydi. Koʻpchilik Osvensim va Gross-Rozen kontslagerida oʻldirilgan. Schindler yaqin atrofdagi Krakov-Plassov konslageri komendanti SS- gauptsturmfürer Amon Göthni oʻz fabrikasini Chexiya va Moraviya protektoratidagi Brněnec shahriga koʻchirishga koʻndiradi hamda shu bilan oʻz ishchilarini gaz kameralarida oʻlib ketishlikdan asrab qoladi. Gettoning yahudiy politsiyasi xodimi Marsel Goldberg tomonidan berilgan ismlardan foydalanib, Gothning kotibi Mietek Pemper 1944-yil oktyabr oyida Brünnlitsga yuborilgan 1200 nafar yahudiy roʻyxatini tuzadi. Schindler 1945-yil may oyida Yevropada Ikkinchi Jahon urushi tugaguniga qadar ishchilarining qatl etilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun SS rasmiylariga pora berishni davom ettiradi. Ushu vaqtga qadar u butun boyligini poralar berishga va ishchilarining hayotini asrab qolish uchun qora bozordan noyob buyumlar sotib olishga sarflaydi.
Schindler urushdan keyin Gʻarbiy Germaniyaga koʻchib oʻtadi va u yerda yahudiy yordam tashkilotlarining toʻlovlari evaziga yashaydi. Urush paytidagi xarajatlarini qisman qoplagandan soʻng, u rafiqasi Emilie bilan Argentinaga koʻchib ketadi va u yerda dehqonchilik bilan shugʻullanadi. 1958-yilda bankrot boʻlgach, Schindler xotinini tashlab Germaniyaga qaytib keladi va u yerda bir nechta biznes tashabbuslarida muvaffaqiyatsizlikka uchraydi hamda urush paytida hayotini saqlab qolgan Schindlerjuden („Shindler yahudiylari“)ning moliyaviy yordamiga tayanishga majbur boʻladi. U 1974-yil 9-oktyabrda Germaniyaning Hildesheim shahrida vafot etadi va Quddusdagi Zion togʻida dafn etiladi. U natsistlar partiyasining shu tarzda sharaflangan yagona sobiq aʼzosi hisoblanadi. Oskar Schindler va uning rafiqasi Emilie 1993-yilda Isroil hukumati tomonidan Millatlar orasida adolat deb nomlangan jamiyat aʼzosi etib tayinlangan.
Bolaligi Schindler 1908-yil 28-aprelda Avstriya-Vengriyaning Moraviyadagi Svitavy shahrida Sudet nemis oilasida tugʻilgan. Uning otasi Johann „Hans“ Schindler, qishloq xoʻjaligi texnikasi biznesining egasi, onasi esa Franziska „Fanny“ Schindler (née Luser) edi. Uning singlisi Elfriede 1915-yilda tugʻilgan. Boshlangʻich va oʻrta maktabda oʻqiganidan soʻng, Schindler texnikumga oʻqishga kiradi va 1924-yilda hisobot kartasini qalbakilashtirgani sababli ham u yerdan haydaladi. Keyinchalik oʻqishni tugatadi, lekin unga kollej yoki universitetga kirish imkonini beradigan Abitur imtihonlarini topshirmaydi. Buning oʻrniga u Brnoda bir nechta kasblar, jumladan, haydovchilik va mashinasozlik boʻyicha kurslarni oʻqib bitiradii va otasining qoʻlida uch yil ishlaydi. Oskar yoshligidan mototsikl ishqibozi boʻlgani uchun 250 kubometrli Moto Guzzi poyga mototsiklini sotib oladi va keyingi bir necha yil davomida togʻ poygalarida ishtirok etadi.
1928-yil 6-martda Schindler Maleteynlik Sudet nemis fermerining qizi Emilie Pelzlga uylanadi. Ular Oskarning ota-onasinikiga koʻchib oʻtishdi va yuqori qavatdagi xonalar yetti yil davomida birga yashaydilar.
Uylanganidan koʻp oʻtmay, Schindler otasi bilan ishlashni toʻxtatib, bir qator ishlarga, jumladan Moraviya elektrotexnika va haydovchilik maktabini boshqarishga kirishadi. Chexiya armiyasidagi 18 oylik xizmatdan soʻng, u 31-armiyaning oʻninchi piyoda polkida nayzali kapral darajasiga koʻtariladi. Keyinchalik Oskar Moraviya elektrotexnika maktabiga qaytib keladi va koʻp oʻtmay bankrot boʻladi. Otasining qishloq xoʻjaligi texnikasi biznesi ham ayni shu vaqtda yopiladi va Schindler bir yil davomida ishsiz qolib ketadi. U 1931-yilda Praganing Jaroslav Šimek bankiga ishga joylashadi va u yerda 1938-yilgacha faoliyat olib boradi.
Schindler 1931 va 1932-yillarda jamoat joylarida mast holatda harakatlangani uchun bir necha marta hibsga olingan. Shuningdek, oʻsha paytda u maktabdagi doʻsti Aurelie Schlegel bilan ishqiy munosabatda boʻlgan. Ularning 1933-yilda tugʻilgan Emily ismli qizi va 1935-yilda dunyoga kelgan kichik Oskar ismli oʻgʻli bor edi. Keyinchalik Schindler bola uning oʻgʻli emasligini aytadi. Schindlerning otasi alkogolizm sababli 1935-yilda xotinini tashlab ketadi. Bir necha oydan oʻtgach ayol uzoq davom etgan kasallikdan soʻng vafot etdi.
Abver uchun josus Schindler 1935-yilda separatist Sudet nemis partiyasiga qoʻshildi. Chexoslovakiya fuqarosi boʻlsa-da, Schindler 1936-yilda fashistlar Germaniyasining harbiy razvedka xizmati Abver uchun josuslik vazifasini bajaradi. U Breslau shahrida joylashgan Abwehrstelle II Commando VIII ga nazoratchi etib tayinlangan. Keyinchalik, Chexiya politsiyasiga pul kerak boʻlgani uchun shunday qilganligi maʼlum boʻladi. Bu vaqtga kelib, Schindler ichkilik muammosiga duch kelgan va katta miqdordagi qarzga botgan edi.
Uning Abver uchun qilgan vazifalariga temir yoʻllar, harbiy inshootlar va qoʻshinlar harakati toʻgʻrisida maʼlumot toʻplash, shuningdek, fashistlar Germaniyasining rejalashtirilgan bosqinidan oldin Chexoslovakiya ichidagi boshqa aygʻoqchilarni yollash kabilar kirgan. U 1938-yil 18-iyulda Chexiya hukumati tomonidan josuslik qilganligi sababli hibsga olingan, ammo Myunxen kelishuvi shartlariga koʻra siyosiy mahbus sifatida ozod etilgan, unga koʻra Chexiya Sudet viloyati 1-oktyabrda Germaniyaga qoʻshib olingan. Schindler 1-noyabrda fashistlar partiyasiga aʼzo boʻlish uchun ariza beradi va keyingi yili unga qabul qilinadi.
Zvittauda moliyaviy tomonlama tiklanib olish uchun bir muncha vaqt oʻtkazgach, Schindler Abver boʻlinmasining ikkinchi qoʻmondonligiga koʻtariladi va 1939-yil yanvar oyida rafiqasi bilan Chexiya-Polsha chegarasidagi Ostrava (Ostrau) shahriga koʻchiriladi. Mart oyida Gitler Chexoslovakiyaning qolgan qismini bosib olishidan oldingi davrda Oskar josuslik bilan shugʻullanadi. Emilie unga hujjatlarni rasmiylashtirish, maxfiy hujjatlarni qayta ishlash va Abver idorasi uchun kvartirasida yashirinishda yordam beradi. Schindler ish yuzasidan Polshaga tez-tez sayohat qilgani sababli, u va uning 25 nafar agenti Polshaga rejalashtirilgan bosqin uyushtirish uchun Polsha harbiy faoliyati va temir yoʻllari haqida toʻliq maʼlumot toʻplash imkoniyatiga ega boʻladi. Ana shunday topshiriqlardan biriga koʻra, uning boʻlinmasi nemis qoʻshinlari harakati uchun muhim deb hisoblangan Yablunkov dovonidagi temir yoʻl liniyasi va tunnel haqida maʼlumot berish va kuzatishni talab etgan. Schindler 1940-yilning kuzigacha, u yerdagi Germaniya elchixonasiga tayinlangan Abver zobitlari oʻrtasidagi korrupsiyani tekshirish maqsdida Turkiyaga yuborilgunga qadar Abverda ishlashni davom ettirgan.
Ikkinchi jahon urushi
Emalia
Schindler birinchi marta 1939-yil oktyabr oyida Abver ishi bilan Krakovga (Krakau) keladi va keyingi oyda kvartira oladi. Emilie Ostravadagi kvartirayashashni davom ettiradi va haftasiga kamida bir marta Krakovdagi Oskarning uyiga tashrif buyuradi. 1939-yil noyabr oyida u yangi kvartirasini bezash uchun ichki bezatish ustasi Mila Pfefferberg bilan bogʻlandi. Uning oʻgʻli Leopold „Poldek“ Pfefferberg tez orada uning qora bozor savdosi boʻyicha aloqachilaridan biriga aylandi. Oxir-oqibat ular bir umrlik doʻst boʻlishdi.
Oʻsha oyda Schindler Sternning sobiq yahudiylarga tegishli boʻlgan ish joyini Treuhander (ishonchli shaxs) sifatida egallab olgan Schindlerning Abver agenti Jozef „Sepp“ Auening hisobchisi Itzhak Stern bilan tanishgan. Polsha yahudiylariga tegishli boʻlgan mulk, shu jumladan ularning mulklari, ish joylari va uylari bosqindan keyin darhol nemislar tomonidan tortib olingan va yahudiylarning barchasi fuqarolik huquqlaridan mahrum qilingan. Schindler Itzhak Sternga olmoqchi boʻlgan kompaniyasining balansini koʻrsatdi, yahudiy ishbilarmonlar konsorsiumiga tegishli boʻlgan Rekord Ltd deb nomlangan emal ishlab chiqaruvchi zavod oʻsha yil boshida bankrotlik toʻgʻrisida ariza bergan edi. Stern unga kompaniyani Haupttreuhandstelle Ost (Sharq boʻyicha Bosh vasiylik idorasi) homiyligida vasiylik sifatida boshqarishdan koʻra, biznesni sotib olish yoki ijaraga olish kerakligini maslahat beradi, chunki bu unga natsistlarning buyrugʻlarini bajarishda kengroq erkinlik berardi, shu orqali koʻproq yahudiylarni yollash erkinligiga ham muvaffaq boʻlgan.
Bir nechta yahudiy investorlarning, shu jumladan korxona egalaridan biri Avraam Bankierning moliyaviy yordami bilan Schindler 1939-yil 13-noyabrda zavodni norasmiy ijara shartnomasini imzolaydi va 1940-yil 15-yanvarda kelishuvni rasmiylashtiradi. U korxonani Deutsche Emailwarenfabrik (Germaniya emalli buyumlar fabrikasi) yoki DEF deb oʻzgartiradi va korxona tez orada „Emalia“ nomi bilan mashhur boʻladi. Schindler dastlab yetti nafar yahudiy ishchi (shu jumladan, unga kompaniyani boshqarishda yordam bergan Bankier) va yahudiy boʻlmagan 250 polyakdan iborat xodimlar guruhini sotib olgan. 1944-yilda korxona ishlab chiqarishining eng yuqori choʻqqisiga yetgan davrda, bu yerda 1750 ga yaqin ishchi ishlagan, ulardan ming nafari yahudiy boʻlgan. Schindler, shuningdek, Schlomo Wiener Ltd ga oʻzining sirlangan idishlarini sotadigan ulgurji kiyim-kechaklarsotuvini boshqarishga yordam bergan va Prokosziner Glashütte shisha zavodining ijarachisi sifatida ham faoliyat olib borgan.