Alvaro Arbeloa Koka (; 1983-yil 17-yanvarda tug'ilgan) – ispaniyalik sobiq professional fubolchi, himoyachi ampulasida o'ynagan.Hozir La Liga klubi „Real Madrid“ murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Faoliyati Alvaro ancha yosh vaqtida "Real" tarkibiga qoʻshildi va oʻsha vaqtdagi murabbiy Rafael Benites boshqarayotgan jamoaning oʻsmirlar tarkibida faoliyatini boshladi. Vaqt oʻtib, u oʻrinbosarlar tarkibida asosiy oʻyinchiga aylandi va ikki marta birinchi jamoa tarkibida ham oʻynadi, ammo u yerdagi joyini ushlay olmadi. 2006-yil 24-iyulda Arbeloa „Deportivo“ jamoasiga oʻtdi va jamoani almashtiridan maqsad koʻproq oʻyin tajribasiga ega boʻlishlik bilan izohladi. Tez orada u „Liverpul“ jamoasi eʼtiboriga tushdi va 2007-yil 31-yanvarda angliyaliklar safiga borib qoʻshildi. Kelishuv summasi 2,5 mln. funt sterlingni tashkil etdi, shuningdek, ushbu summaning 50 %i „Real“ga hisobiga oʻtkazildi. Alvaroning „Liverpul“dagi debyuti 10-fevralda „Nyukasl“ga qarshi kechgan oʻyinga toʻgʻri keldi. Oʻsha oʻyinda jamoasi magʻlubiyatga uchragan Alvaro Jermeyn Pennantning oʻrniga maydonga tushgandi. Ammo toʻliq oʻyinlik debyuti deb Chempionlari ligasi doirasida kechgan 1/8 finaldagi „Kamp Nou“da Barselonaga qarshi kechgan uchrashuvni hisoblasa boʻladi. Arbeloa ushbu oʻyinda asosiy tarkibda maydonga chap qanot himoyachisi sifatida chiqdi va uning asosiy vazifasi mezbonlarning Lionel Messisini yopish boʻldi. Shunga qaramasdan mezbonlar birinchi boʻlib hisobni ochdilar (golda Arbeloaning aybi ham boʻlgan), lekin „Liverpul“ ikkita gol bilan javob berib, gʻalaba qozondi. 2007-yil 7-aprelda Arbeloa oʻzining „Liverpul“dagi birinchi golini Premyer-liga oʻyini doirasida „Reding“ darvozasiga kiritdi. Shu bilan u 14 yil ichida rasmiy oʻyinda va Premyer-ligada gol urgan „Liverpul“ning ikkinchi raqamli birinchi oʻyinchisi boʻldi.1992-yilning 16-dekabrida Mayk Marsh Angliya kubogining toʻrtinchi bosqichidagi uchrashuvda „Kristal Pelas“ jamoasiga gol urgandi, biroz oldin ham xuddi shu jamoaga Premyer-liga doirasida gol urgandi. 2007/08 mavsum oldidan Alvaro oʻzining „2“ raqamini Kreyg Bellami ketganidan soʻng, boʻsh turgan „17“ raqamiga almashtirdi.
= "Real Madrid"ga qaytish 2009-yilning 29-iyulida „Real Madrid“ va „Liverpul“ jamoasi oʻrtasida Arbeloa transferi boʻyicha kelishuvga erishildi. Transfer narxi 5 mln. yevroni tashkil etdi. Arbeloa „Real“ bilan besh yillik shartnoma tuzdihttp://www.uefa.com/competitions/ucl/news/kind=1/newsid=866782.html Arbeloa Completes Return to madrid. Michel Salgado va Migel Torreslar jamoadan ketganidan soʻng, Arbeloa „2“ raqamli maykani kiyishni boshladi. Arbeloa „Real“dagi debyut golini 2010-yil 13-fevralda „Xerez“ jamoasi darvozasiga kiritdi. Uning ikkinchi goli 28-martda „Atletiko Madrid“ga qarshi kechgan uchrashuvda muhim gʻalabani olib keldi, oʻyin 3-2 hisobida „Real“ foydasiga hal boʻldi. 2011/12 mavsumda markaziy himoyachi Rikardu Karvalyu jarohati olishi sababli chap qanot himoyachisi Serxio Ramos markazga oʻtkazildi va Arbeloa asosiy tarkibda chap qanot himoyachisi sifatida maydonga tusha boshladi. Malagaga qarshi kechgan uchrashuvda „Real Madrid“ tarkibidagi 100-nchi oʻyinini nishonladi. 2012-yil 1-avgustda Real Madrid Arbeloa bilan shartnoma muddatini 2016-yilgacha choʻzdirganini maʼlum qildi. Terma jamoa 2008-yil 27-martda Alvaroning Ispaniya terma jamoasidagi debyut uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Italiya termasi bilan oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvining 73-daqiqasida Serxio Ramos oʻrniga maydonga tushdi. Oʻyin 1:0 hisobida ispanlar foydasiga tugadi. 2008-yil may oyida Alvaro Avstriya va Shveysariyada oʻtkaziladigan Yevropa chempionatida qatnashish uchun chaqirildi va natijada turnir gʻolibi boʻlishga muvaffaq boʻldi.
Statistika 2012-yil 13-may holatiga.
JamoaMavsumLigaKubokSuperkubokYevrokubokJamiTUGTUGTUGTUGTUGReal Madrid Kastilya2003/04161———1612005/06340———340Jami:521———521Real Madrid2004-052020—0040Jami:2020—0040Deportivo2006-0720000—00200Jami:20000—00200Mavsum Premyer-ligaKubokLiga kubogiYevrokubokJamiTUGTUGTUGTUGTUGLiverpul2006-07910000501412007-082801030904102008-092912000120431Jami:6623030260982Mavsum LigaKubokSuperkubokYevrokubokJamiTUGTUGTUGTUGTUGReal Madrid2009-1030220—603822010-1126080—914312011-12260300090380Jami:822130002411193Faoliyatida jami:2205180305012916 Erishgan natijalari Yevropa chempioni: 2008, 2012 Jahon chempioni: 2010 Ispaniya kubogi sohibi: 2010/11 Ispaniya chempioni: 2011/12 Ispaniya superkubogi sohibi: 2012
Manbalar
Havolalar Real Madrid rasmiy saytidagi sahifasi Álvaro Arbeloaning rasmiy sayti Alvaro Arbeloaning Twitterdagi rasmiy profili La Liga saytidagi sahifasi BDFutbol saytidagi sahifasi Milliy terma jamoadagi maʼlumotlari LiverpoolFC.tv saytidagi sahifasi LiverpoolFC.ru saytidagi sahifasi
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Real Madrid C futbolchilari Turkum:Real Madrid Castilla futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Deportivo de La Coruña futbolchilari Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari Turkum:West Ham United F.C. futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Sportchilar